Ich terlama

Ich terlama

Ich terlama bilan ogʻrigan bemor koʻkragidagi och pushti dogʻlar
Umumiy maʼlumotlar
Qoʻzgʻatuvchisi Salmonella typhi
Inkubatsion davri 10-21 kun 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Yuqumli kasalliklar
KXK-10 A01.0
KXK-9 002
DiseasesDB 27829
MedlinePlus 001332
eMedicine oph/686 med/2331
MeSH D014435

Ich terlama, qorin tifi — oʻtkir yuqumli kasalliklardan biri. Bunda bemor isitmalaydi, ichi buziladi va badaniga toshma toshadi. Ich terlama mikrobi (harakatchan tayoqcha)ni nemis olimi K. Ebert kashf etgan. Ich terlamani salmonellalar avlodiga kiradigan tif bakteriayalari qo'zgatadi. Bu kasallik ingichka ichak devoridagi limfa tugunlari va peyer pilakchalarining zararlanishi, bakteriyemiya, yuqori harorat va intoksikatasiya belgilari bilan kechadi[1].

Ich terlama butun yer yuzida uchraydi va maʼlum sharoitda epidemiya tusini oladi. Aholining sanitariya-maishiy sharoiti kasallikning tarqalishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Sanitariya madaniyati past mamlakatlarda ich terlama keng tarqaladi.

  1. https://wwwnc.cdc.gov/travel/yellowbook/2014/chapter-3-infectious-diseases-related-to-travel/typhoid-and-paratyphoid-fever

Ich terlama

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne