Ichki energiya – jismning faqat ichki holatiga bogʻliq boʻlgan energiya; jismni tashkil etuvchi molekulalarining xaotik (tartibsiz) ilgarilanma va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan potensial energiyalari hamda mo-lekulalardagi atomlarning xaotik teb-ranma harakat kinetik va potensial energiyalarining umumiy yigʻindisiga teng. Jismlar sistemasining I.e.si har bir jismning alohida olingandagi I.e.lari yigʻindisi bilan jismlar orasidagi oʻzaro taʼsir energiyasining yigʻindisidan iborat[1].
Ideal gazning ichki energiyasi gaz molekulalarining kinetik energiyalari yigʻindisiga teng. Agar gaz N ta molekuladan tashkil topgan boʻlsa, uning ichki energiyasi U: boʻladi. Bu yerda -bitta molekulaga toʻgʻri keluvchi oʻrtacha kinetik energiya. Gaz bir atomli molekulalardan iborat boʻlsa, gaz molekulasining oʻrtacha kinetik energiyasi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Gazning umumiy energiyasi esa formulaga asosan quyidagi koʻrinishda boʻladi:
Agar ekanini eʼtiborga olsak, ideal gazning ichki energiyasi uchun quyidagi ifodani olamiz:
Bu ifodadan koʻrinadiki, berilgan massali ideal gazning ichki energiyasi faqat temperaturaga bogʻliq boladi va u bosimga ham, hajmga ham bogʻliq boʻlmaydi.