Oʻtgan asrlardagi taniqli amaliyotchilar uchun Ilmiy metod tarixi sahifasiga qarang.
Ilmiy metod – bilim olishning empirik usuli boʻlib, XVII asrlardan beri ilm-fan sohasida qoʻllanib kelmoqda. Ilmiy metod ilmiy bilimlarni doimiy ravishda rivojlantirishga qaratilgan, inson bilishining obyektiv jarayonlari, qonunlari va tendensiyalarini ifodalovchi bilimlar tizimidir[1]. Ushbu metod diqqat bilan olib boriladigan ilmiy kuzatuvlar bilan uygʻunlashgan skeptitsizmni oʻzida jamlaydi, chunki kognitiv taxminlar kuzatuvning talqinini buzishi mumkin. Ilmiy tekshiruv induksiya orqali tekshiruvga yaroqli gipotezani yaratish, uni tajribalar va statistik tahlillar yordamida sinovdan oʻtkazish hamda natijalar asosida gipotezani toʻgʻrilash yoki uni rad etishni oʻz ichiga oladi[2][3][4].
Garchi turli ilmiy sohalar oʻrtasidagi protseduralar bir-biridan farq qilsa-da, ularning tub jarayoni koʻp hollarda oʻxshash boʻladi. Xususan, ilmiy metod ilmiy farazlar (faraziy tushuntirishlar) yaratish, gipotezaning mantiqiy oqibatlarini bashorat qilish, soʻngra ushbu bashoratlarga asoslangan tajriba yoki empirik kuzatuvlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi[5]. Gipoteza – bu savolga javob izlash jarayonida olingan bilimlarga asoslangan farazdir. Gipotezalar juda aniq yoki keng koʻlamli boʻlishi mumkin, biroq, albatta, ularni soxtalashtirishning imkoni boʻlishi kerak. Yaʼni eksperiment yoki kuzatuv gipotezaga zid keluvchi natijalarni aniqlash imkonini berishi lozim, aks holda, gipotezani mazmunli sinab boʻlmaydi[6].
Garchi ilmiy metod koʻpincha qatʼiy ketma-ketlikdagi qadamlar sifatida koʻrilsa-da, aslida ushbu metod umumiy tamoyillar toʻplamini ifodalaydi. Har bir ilmiy tekshiruvda ham barcha qadamlar bajarilmasligi (yoki bir xil darajada boʻlmasligi) mumkin va ular har doim ham bir xil tartibda kelmaydi[7][8]. Koʻplab kashfiyotlar ilmiy metodning darslikda tasvirlangan modeliga mos ravishda amalga oshmagan, bunday hollarda tasodifning roli katta boʻlishi mumkin[9][10][11].
↑G. A. Asilova. Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari (oʻzbekcha), Toshkent, 2020 — 17-bet.
↑Newton, Isaac. Philosophiæ Naturalis Principia Mathematica, Includes "A Guide to Newton's Principia" by I. Bernard Cohen, pp. 1–370. (The Principia itself is on pp. 371–946), The Principia: Mathematical Principles of Natural Philosophy, Berkeley, CA: University of California Press, 1999. ISBN 978-0-520-08817-7.
↑„scientific method“, Oxford Dictionaries: British and World English, 2016, 2016-06-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28 May 2016
↑[[s:|]] — Vikimanba. with added notes. Reprinted with previously unpublished part, Collected Papers v. 6, paragraphs 452–85, The Essential Peirce v. 2, pp. 434–450, and elsewhere. N. B. 435.30 'living institutionʼ: Hibbert J. mis-transcribed 'living institutionʼ: („constitution“ for „institution“)
↑Gauch (2003): „The scientific method 'is often misrepresented as a fixed sequence of steps,' rather than being seen for what it truly is, 'a highly variable and creative process' (AAAS 2000:18). The claim here is that science has general principles that must be mastered to increase productivity and enhance perspective, not that these principles provide a simple and automated sequence of steps to follow.“
↑William Whewell, History of Inductive Science (1837), and in Philosophy of Inductive Science (1840)
↑Dunbar, K., & Fugelsang, J. (2005). Causal Thinking in Science: How Scientists and Students Interpret the Unexpected. In M. E. Gorman, R. D. Tweney, D. Gooding & A. Kincannon (eds.), Scientific and Technical Thinking. Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum Associates. pp. 57–79.
↑Merton, Robert King „Accidental Discovery in Science“, . The Travels and Adventures of Serendipity: A Study in Sociological Semantics and the Sociology of Science. Princeton, NJ: Princeton Univ. Press, 2006. ISBN 0691126305.