Immanuel Kant | |
---|---|
Tavalludi | 22-aprel 1724[1] |
Vafoti | 12-fevral 1804[1] |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi |
Otasi | Johann Georg Kant |
Onasi | Anna Regina Kant |
Immanuil Kant (nemischa: Immanuel Kant , 22-aprel 1724, Kenigsberg — 12-fevral 1804, oʻsha yerda) — nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770—1796). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi.
Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi:
Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning gʻoyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa oʻzlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bogʻladilar. Kant oʻzining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini taʼkidlaydi. U boshqa xalqlar yerlarini bosib olib oʻzini oqlashga urinishni, jinoyat qilib oʻz aybiga iqror boʻlmaslikni, «ajratib tashla va xukmronlik qil» aqidasini axloqqa zid xatti-harakat deb baholaydi. Kantning fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 60-yillarida Kant gʻoyalari asosida neokantchilik vujudga keldi.
Abdulla Ayupov.[2]