Inson kamoloti indeksi (ing. Human Development Index) – davlatlarning iqtisodiy va siyosiy oʼsish inson kapitalining (uzoq umr, taʼlim, farovon hayot koʼrsatkichlari orqali) rivojlanishiga taʼsirini hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tahlil qiladi[1].
Inson kamoloti indeksining maksimal qiymati – 1, minimal qiymati – 0 ga teng.
Inson kamoloti indeksi quyidagi 3 ta koʼrsatkich orqali hisoblanadi:
1. Umr koʼrish davomiyligi indeksi;
2. Taʼlim indeksi;
3. Aholi jon boshiga YaMD (xarid qobiliyati pariteti hisobida AQSh dollarida) indeksi.
Mazkur 3 ta mezonlar boʼyicha yakuniy indeks koʼrsatkichini aniqlash uchun dastavval har bir mezonning indeksi hisoblab chiqilishi kerak. Koʼrsatkichlarni 0 dan 1 (3 ta oʼnlik aniqlik bilan oʼlchanadigan maʼlumot) gacha boʼlgan miqdorini indekslarga aylantirish uchun mezonlarning eng kam va eng koʼp miqdorlarini oʼrnatish talab qilinadi. Yakuniy indeks koʼrsatkichini hisoblab chiqish uchun oʼrtacha geometrik miqdorlar usulidan foydalaniladi va shuning uchun eng koʼp miqdor har qanday ikki mamlakat yoki vaqt davrlari oʼrtasidagi taqqoslashga (foizlarda) taʼsir koʼrsatmaydi[2].