Jeneva

Jeneva

fransuzcha: Genève
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
46°12′0″N 6°9′0″E / 46.20000°N 6.15000°E / 46.20000; 6.15000
Mamlakat Shveysariya
Kanton Jeneva
Hukumat
Pyer Mode
Ilk eslatilishi m.av 58 yil
Maydon 1,586 km2 (612 kv mi)
Markazi balandligi 375 m
Aholisi
 (2013)
194 458
Zichligi 12 040 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Pochta indeks(lar)i 1200
Avtomobil kodi GE
Jeneva xaritada
Jeneva
Jeneva

Jeneva — Shveysariyaning jan.gʻarbidagi shahar. Jeneva kantonining maʼmuriy markazi. Jeneva koʻlining jan.-gʻarbiy sohilida, 372 m balandlikdagi xushmanzara yerda joylashgan. Koʻldan oqib chiqadigan Rona daryosi shahar oʻrtasidan oʻtgan. Iqlimi yumshoq, yillik yogʻin 1000 mm chamasida. Aholisi 172 ming kishi, shahar atrofi bilan 390 ming (1998).

Jeneva (lotincha Genava) dastlab Yuliy Sezar tomonidan mil. av. 1-asrda tilga olingan. Savdo yoʻllari chorrahasida joylashganidan shaharning iqtisodiy mavqei kuchayib bordi. 14—15-asrlarda oʻzining yarmarkalari bilan mashhur edi. 16-asrdan Shveysariya tarkibidagi ittifoqdosh yer; Kalvin davrida (16-asr) reformatsiya markazi boʻlgan. 16— 17-asrlarda Jenevada sanoat, jumladan soatsozlik rivojlandi. 1798—1814-yillarda Fransiya tarkibida boʻldi. 1815-yildan Shveysariyaning 22-kantoni. Jeneva— bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, Millatlar Ligasi (1919—39), Qizil Krest organlari, BMT turli boʻlimlarining doimiy qarorgohi. Jenevada xalqaro kongresslar, konferensiyalar, koʻrgazmalar va festivallar oʻtkazilib turiladi. Kurort shahar, chet el turizmining markazlaridan.

Jeneva— transport yoʻllari tuguni, koʻl porti. Yirik aeroport bor. Mamlakatning muhim siyosiy, sanoat va savdo moliya markazlaridan. Zargarlik butomlari, aniq mexanika (soatlar, geodeziya asboblari, aniq apparatura va b.), stanok sozlik, elektron texnika, mashina sozligi, dvigatellar i.ch., farmatsevtika, parfyumeriya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet va b. oliy oʻquv yurtlari, teatrlar, muzeylar bor. Jenevaning kad. qismi Ronaning soʻl sohilida joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Sen-Pyer sobori (12— 18-asrlar), Sent-Mari-Madlen va Sen-Jermen (14-asr) cherkovlari (14—15-asrlar), ratusha (15-asr), Enar saroyi (1817—21), Uygʻonish davri va mumtoz qoʻshqlar (17—19-asrlar) saqlangan. Yangi shahar qismida Millatlar saroyi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) binosi va b. zamonaviy inshootlar joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Jeneva

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne