Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, anʼanalariga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi.
Qilmish jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi:
Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud boʻlishi shart, ulardan biri mavjud boʻlmasa, qilmishni jinoyat emas, deb hisoblashga asos topiladi.