Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Kalimai shahodat (arabcha: guvohlik soʻzlari), tashahhud – islom dinidagi besh asosiy rukndan birinchisi – imonning asosi. Unga koʻra, „Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad Uning rasulidir“, degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar kalimai shahodatni aytish orqali boshqalardan, avvalo koʻpxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. Kalimai shahodat ibodatning asosiy soʻzlari hisoblanadi, namozda takror-takror oʻqiladi[1].
Kalimai shahodat: „Ashhadu alla ilaha illahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh“[2]
Maʼnosi: „Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yoʻq va guvohlik beramanki, Muhammad (s.a.v) uning bandasi va elchisidir.“