Karl Marx

Karl Marks
Tavalludi 5-may 1818-yil
Vafoti 14-mart 1883-yil(1883-03-14)
(64 yoshda)
London, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Prussiya qirolligi[1], fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Birlashgan Qirollik
Otasi Heinrich Marx[2][3]
Onasi Henriette Presburg[2]

Karl Marks (nemischa: Karl Marx; 1818-yil 5-may, Trir, Prussiya — 1883-yil 14-mart, London, Buyuk Britaniya) — nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalisti va sotsial inqilobchisi. Uning gʻoyalari ommaviy fanlar yaratilishida va sotsialistik harakatning rivojlanishida muhim oʻringa ega boʻlgan. Marks falsafada dialektik va tarixiy materializm, iqtisotda qoʻshimcha narx nazariyasi, siyosatda sinflar kurashi nazariyasining muallifidir. U hayoti davomida koʻplab asarlar yaratgan, ulardan eng taniqlilari — „Kommunistik partiya manifesti“ va „Kapital“.

Marks advokat oilasida tugʻildi. 1835—1841-yillarda Bonn va Berlin untlarining yuridik fakultetlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-yil „Reyn gazetasi“ (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-yil Parijga koʻchib keldi. Bu yerda Fridrix Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan „Muqaddas oila“ asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi.

Prussiya hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan „Nemis mafkurasi“ (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan.

Marksning „Falsafa qashshoqligi“ (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. „Kommunistlar uyushmasi“ xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan Marks va Engels bu tashkilotning dasturi — „Kommunistik partiya manifesti“ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848-yil inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati Marksni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. Marks Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Aprelda Marks va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda Marks „Yangi Reyn gazetasi“ga bosh muharrir boʻldi. 1849-yilning mayida Prussiya hukumati Marksni badargʻa qilib, gazetani yopdi. Marks 1849-yilning avgustida Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoliyatini davom ettirdi.

Marks 1-Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867-yil Marksning asosiy asari „Kapital“ (1-jildi) bosilib chiqdi; Marks uning keyingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2-jild, 1885; 3-jild, 1894). Bu asar Marksizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. Marksning boshqa asarlari: „Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri“ (1852), „Siyosiy iqtisod tanqidiga doir“ (1859), „Fransiyada fuqarolar urushi“ (1871), „Gota dasturini tanqid“ (1875)[4].

  1. — С. 532.
  2. 2,0 2,1 — С. 331.
  3. — С. 767.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Karl Marx

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne