Kimyogar[1] — kimyoni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan olim. Kimyogarlar moddaning tarkibi va uning xossalarini, molekulalar va ularning tarkibiy qismlari haqida, atom darajasi haqida izlanishlar o;ib borib ularni fanga tatbiq etadi. Kimyogarlar moddalar nisbatlarini, kimyoviy reaksiya tezligini va boshqa kimyoviy xossalarni diqqat bilan tekshirib o'lchaydilar. Inglizlar hamdo'stlik sifatida, farmatsevtlarni ko'pincha kimyogarlar deb atashadi.
Kimyogarlar o‘z bilimlaridan nomalum moddalarning tarkibi va xossalarini o‘rganish, shuningdek, ko‘p miqdorda foydali tabiiy moddalarni ko‘paytirish va sintez qilish hamda yangi sun’iy moddalar va foydali jarayonlarni yaratish uchun foydalanishadi. Kimyogarlar kimyoning har qanday kichik fanlari bo'yicha ixtisoslashgan bo'lib, Materialshunoslar va metallurglar kimyogarlar bilan bir xil bilim va ko'nikmalarga ega. Kimyogar muhandislarni vazifasi, birinchi navbatda eng yirik, tejamkor kimyo zavodlarini to'g'ri loyihalash, qurish va baholash bilan shug'ullanadilar va sanoat kimyogarlari bilan yangi jarayonlarni ishlab chiqishda, kimyoviy moddalar va tegishli mahsulotlarni tijorat miqyosida ishlab chiqarish usullari haqida birgalikda ishlaydilar[2].