Koronar arteriya kasalligi

Koronar arteriya kasalligi
Sinonimlari Aterosklerotik yurak kasalligi, Aterosklerotik vaskulyar kasallik, koronar yurak kasalligi
Koronar arteriya kasalligi
Belgilari Koʻkrakda ogʻriq, nafass qisishi
Mutaxassislik Kardiologiya
Sabablari Yurak arteriyalarining aterosklerozi
Xavf omillari Yuqori qon bosimi, chekish, diabet, mashq qilmaslik, semizlik, qonda xoleserol miqdorining koʻp boʻlishi
Tashxis usullari EKG, yurak stress testi, koronar KT angiografiyasi, koronar angiogramma
Oldini olish Sogʻlom ovqatlanish, doimiy jismoniy harakat, normal tana vazni, chekmaslik
Davolash Perkutan koronar intervensiya, koronar shuntlash operatsiyasi
Dori-darmonlar Aspirin, beta blokatorlar, nitroglitserin, statinlar

Koronar arteriya kasalligi tojsimon arteriyalarning torayishi boʻlib, kasallikning dastlabki daavrlarida simptomsiz boʻladi ammo keyinchalik stabil stenokardiya, nostabil stenokardiyaga va/yoki miokard infarktiga olib kelishi mumkin. Bemorlarda toʻsh ortida bosuvchi ogʻriq, nafas yetishmasligi, koʻngil aynishi va diaforez (koʻp terlash) kuzatilishi mumkin. Baʼzan chap qoʻlda, pastki jagʻda yoki boʻyin sohasida ogʻriq, qorinning yuqori qismida diskomford kuzatiladi. Stabil stenokardiya yurak stress tesi, stressiz yurak radigrafiyasi va koronar kateterizatsiya orqali tashxis qoʻyiladi. Davolash ikkilamchi profilaktika sifatida chekishni tashlash, qandli diabet, gipertenziya va dislipidemiyani davolash, antitrombotsitar agentlar, antianginal dorilar (masalan, beta blokatorlar) va ogʻir holatlarda revaskulyarizatsiya (perkutan translyuminal koronar angioplastika)ni oʻz ichiga oladi.


Koronar arteriya kasalligi

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne