Koshin

Koshin, parchin, kafel – binolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol pint skichipni taxtacha. Koshin maxsus loydan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha temperaturada pishiriladi; turli naqsh, naqsh qismlari tushirilgach, sir beriladi, soʻng maxsus xumdonda pishiriladi. Koshinlarning silirga, naqshli, turli tasvirlar tushirilgan xillari bor. Sirtga puxta yopishishi uchun koshinning orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Oʻngi oq yoki har xil rangli, silliq, boʻrtma, silliqlanmagan; shisha, polistirol xillari bor. Meʼmoriy bezak sifatida keng qoʻllaniladi, binolarni tashqi taʼsir (yogʻin-sochin)lardan ham saqlaydi. Dastlab, qadimgi Sharq (Misr, Ossuriya va boshqalar)da, asosan, binolarni bezashda keng tarqalgan, 9-asr dan Yevropa (Germaniya, Shveysariya, keyinroq Rossiya) da pechka va kaminlarni bezashda ham ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida paydo boʻlgan. Ilk bor Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch va boshqa joylardagi yodgorliklarda, bino poydevorlarini bezashda ishlatilgan.

20-asr 20-yillaridan koshin tayyorlash usulini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borildi. Yevropada „modern“ uslubidagi tovlanma sirli monoxrom koshinkor ichki va tashqi devorli binolar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Samarqanddagi maxsus kulollik ustaxonasida, Toshkentdagi ustaxonalar qadimgi koshinlarga yaqin boʻlgan koshin tayyorlana boshlandi. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda, binolarni bezashda, kamin va pechlarni qoplashda koshindan keng foylalanilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Koshin

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne