Miyacha

Odam miyasi chizmasi, miyacha va miya koʻprigi koʻrsatilgan
Odam miyachasining joylashuvi (qizil rangda)

Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta boʻlishi ham mumkin.[1] Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol oʻynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qoʻrquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi,[2][3] ammo asosiy ta’siri harakatga bogʻliq funksiyalarda. Odam miyachasi harakatni chaqirmaydi, lekin harakatdagi koordinatsiya, tartib va aniq davomiylikni ta’minlaydi: u orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan sezuvchi impulslarni qabul qiladi va ular asosida harakatning oʻta aniq chiqishini ta’minlaydi.[4] Miyachaning jarohatlanishi odamlarda nozik harakatlar, tana holati boshqariluvi va yangi harakatlar oʻrganilishi buzilishiga olib keladi.[4]

Anatomik jihatdan, odam miyachasi bosh miyaning pastki qismi tegib turuvchi alohida tuzilma boʻlib, miya katta yarimsharlari pastida yopishib turadi. Uning poʻstlogʻi tartibsiz burmalarga ega yarimsharlar poʻstlogʻidan farq qilib, parallel egatlardan iborat. Bu parallel egatlar miyacha poʻstlogʻi aslida akkordion holatiga keltirilgan davomli yupqa toʻqima ekanligini koʻrsatadi. Bu yupqa qatlamda bir qancha neyron turlari oʻzaro tartib bilan joylashgan. Eng muhimlari Purkinye hujayralari va donador hujayralarder. Bu kompleks tuzilma katta miqdordagi signallar bilan ishlash imkoniyatini beradi, lekin miyacha poʻstlogʻidan chiquvchi deyarli barcha ma’lumot miyacha ichidagi oq moddada joylashgan kichik chuqur yadrolar tizimi orqali oʻtadi.[5]

Miyacha harkat boshqaruvidagi asosiy rolidan tashqari, harakatni oʻrganishning bir qancha turlarida muhim, sezgi-harakat (sensorimotor) munosabatlari oʻzgarishlarida yangi harakat oʻrganishdagi ishtiroki sezilarli. Sezgi-harakat kalibratsiyasini miyachadagi [sinaptik plastiklik]ka bogʻliqligini koʻrsatuvchi bir qancha nazariy modellar ishlab chiqilgan. David Marr va James Albus tomonidan ilgari surilgan modellar har bir miyacha Purkinye hujayralari umuman farqli 2 xil signalni qabul qilishini oʻrganish asosida yaratilgan: biri donador hujayralarning parallel tolalaridan keluvchi minglab kuchsiz signallar; boshqasi yagona koʻtariluvchi toladan keluvchi juda kuchli signallarni qabul qilish.[6] Marr–Albus nazariyasining asosiy ma’nosi koʻtariluvchi tolalar “oʻrgatuvchi signal”larni tashiydi va parallel tolalardagi signal kuchini uzoq davom etuvchi oʻzgarishini chaqiradi. Parallel tolalardagi uzoq muddat depressiyalarini oʻrganish shu turdagi nazariyalarni rivojlantirdi, lekin ularning ishonchliligi baxsli masala.[7]

  1. Hodos, William (2009), „Evolution of Cerebellum“, Encyclopedia of Neuroscience, Springer, 1240–1243-bet, doi:10.1007/978-3-540-29678-2_3124, ISBN 978-3-540-23735-8
  2. Wolf U, Rapoport MJ, Schweizer TA (2009). „Evaluating the affective component of the cerebellar cognitive affective syndrome“. Journal of Neuropsychiatry and Clinical Neurosciences. 21-jild, № 3. 245–53-bet. doi:10.1176/jnp.2009.21.3.245. PMID 19776302.
  3. Schmahmann, Jeremy D.; Caplan, David (1-fevral 2006-yil). „Cognition, emotion and the cerebellum“. Brain (inglizcha). 129-jild, № 2. 290–292-bet. doi:10.1093/brain/awh729. ISSN 0006-8950. PMID 16434422.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. 4,0 4,1 Fine EJ, Ionita CC, Lohr L (December 2002). „The history of the development of the cerebellar examination“. Seminars in Neurology. 22-jild, № 4. 375–84-bet. doi:10.1055/s-2002-36759. PMID 12539058.
  5. Purves, Dale. Neuroscience, 5th, Sunderland, Mass.: Sinauer, 2011 — 417–423-bet. ISBN 978-0-87893-695-3. 
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Albus
  7. Purves, Dale Purves. Neuroscience., 4th, New York: W. H. Freeman, 2007 — 197–200-bet. ISBN 978-0-87893-697-7. 

Miyacha

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne