Mutolaa

Mutolaa
Loyiha maqsadi Yosh kitobxonlarni kashf etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish
Loyiha turi ilova
Status faol
Joylashuvi Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Alisher Saʼdullayev
Prezidenti Sirojiddin Olimov
Vebsayti mutolaa.com
Til(lar)i oʻzbekcha, ruscha

MutolaaOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihasi[1][2][3]. Loyihaga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev tomonidan 2024-yilning boshida asos solingan. 2023-yil 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha hisobotda „Mutolaa“ loyihasidan foydalanadigan foydalanuvchilar sonini 1,5 million nafarga yetkazilishi belgilangan[4]. Loyiha YouTube ijtimoiy tarmogʻida video shaklida audio kitoblar shaklida hamda ilova shaklida „Google Play“ hamda „App store“ platformalariga joylanib kelinmoqda[5]. Loyihadan hozirgi paytda 1,4 milliondan ortiq foydalanuvchilar foydalanishmoqda. 4000 ga yaqin kitoblarning elektron va audio shakllari joylangan[6].

  1. „"Mutolaa" loyihasining rasmiy veb-sayti“. Mutolaa.com.
  2. „Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 3-yanvar 2025-yil.
  3. „Yangi virtual kutubxona — “Mutolaa” ilovasi yarim million marta yuklab olindi“. daryo.uz. Qaraldi: 3-yanvar 2025-yil.
  4. „Ёшлар билан ишлаш тизими бўйича ахборот берилди“. President.uz. Qaraldi: 17-iyun 2024-yil.
  5. „𝐌𝐮𝐭𝐨𝐥𝐚𝐚” – eng sara kitoblarning elektron, audio hamda video shaklidagi sifatli va tizimli platformasi!“. play.google.com. Qaraldi: 17-iyun 2024-yil.
  6. „“Mutolaa” loyihasi foydalanuvchilari soni ortmoqda“. UzA. Qaraldi: 3-yanvar 2025-yil.

Mutolaa

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne