Napoleon

Napoléon Bonaparte
Tavalludi 15-avgust 1769-yil
Ajaccio, Korsika, Fransiya
Vafoti 5-may 1821-yil(1821-05-05)
(51 yoshda)
Longwood, Avliyo Yelena oroli
Fuqaroligi Fransiya[1][2]
Otasi Carlo Bonaparte
Onasi Maria-Letizia Bonaparte

Napoleon Bonapart (fransuzcha: Napoléon Bonaparte, italyancha: Napoleone Buonaparte; 1769-yil 15-avgust — 1821-yil 5-may) — fransuz inqilobining oxirgi bosqichlarida va Fransuz inqilobi urushlarida mashhurlikka erishgan fransuz qoʻmondoni va siyosiy yetakchisi.

Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badiiy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan Napoleon I 1789-yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-yil Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij shahri garnizoni qoʻmondoni va 1796-yilda Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida Napoleon I oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan Napoleon I Misrga harbiy yurish qilish haqidagi qarorini Direktoriyadan oʻtkazgan. Lekin, oʻz xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799-yil oktabrda Parijga qaytib kelgan va 9—10-noyabrda davlat toʻntarishi oʻtkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800-yil fransuz bankiga asos solgan.

1802-yil Napoleon I oʻzini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan. 1804-yilda esa imperator deb eʼlon qilingan. Yangi burjua monarxiyasini mustahkamlash maqsadida Napoleon I 1-xotini Jozefina bilan nikohni buzgan va 1810-yil Avstriya imperatori Frans I ning qizi Mariya Luizaga uylangan. Buyuk davlatlar ittifoqiga qarshi olib borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlits (1805), Iyena (1806)dagi ajoyib galabalari, imperiya hududini tez surʼatda kengayishi, Napoleon I ni amalda butun Gʻarbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy Yevropada xukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan. 1812-yilda Rossiyaga qarshi yurishidagi magʻlubiyatidan soʻng Napoleon I oʻzini oʻnglay olmadi, uning „buyuk armiyasi“ tor-mor qilindi, Yevropada Napoleon I zul-miga qarshi xalq-ozodlik harakatlari koʻtarildi. Napoleon I ga qarshi ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi. Soʻnggi urushlarda Napoleon I ning magʻlubiyatga uchrashi, ittifoqchi qoʻshinlarning Parijga kirib kelishi (1814-yil 31-mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi (1814-yil 31-mart). Gʻolib ittifoqchilar Napoleon I ning imperator unvonini saqlab qolib, Elba o.ni uning ixtiyoriga berdilar.

Napoleon I ning Fransiyaga qaytadan kirib kelishi (1815-yil 1-mart) va „yuz kun“ deb atalmish davrda (1815-yil 20-mart — 22-iyun) uni 2-marotaba taxtni boshqarishi mamlakatda Napoleon I ni qoʻllabquvvatlaydigan ijtimoiy kuchlar hali ham mavjudligidan darak berardi. Ammo Vaterloo jangida u ittifokchilar armiyasi tomonidan tor-mor qilindi va 1815-yil 22-iyunda batamom taxtdan voz kechdi. Muqaddas Yelena o.ga surgun qilingan H.I 6 yildan soʻng inglizlar asirligida vafot etgan. 1840-yil uning xoki Parijga Nogironlar uyiga kuchirib keltirilgan.

Napoleon I harbiy qoʻshinlarni kasbiy (professional) armiyaga aylantirdi. Yevropada eng ilgʻor hisoblangan fransuz qurolli kuchlarini yaratish, ularni harbiy sanʼatga oʻrgatishga, strategiya va taktikani takomillashtirishga zamin yaratdi. U dushmanni tor-mor etishning asosiy yoʻli unga qarshi qatʼiy jang qilishdan iborat deb hisoblardi. Napoleon I strategik tashabbusning roli va ahamiyatiga alohida urgʻu bergan.

Napoleon I ning sarkardalik mahorati jahon harbiy sanʼatiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.

U 1804-1815-yillar davomida Napoleon I nomi ostida Fransiya imperatori boʻlgan. U koʻplab mamlakatlarning fuqarolik qonuniga katta taʼsir koʻrsatgan Napoleon Kodeksini yaratgan, lekin u koʻplab koalitsiyalarning Napoleon urushlari nomi ostida Fransiyaga qarshi olib borilgan urushlardagi hissasi tufayli mashhur. Napoleon Fransiyaning Yevropaning katta qismida hukmronligini oʻrnatib Fransuz inqilobi gʻoyalarini tarqatishni maqsad qilgan, lekin shu bilan bir paytda u imperial monarxiyani tuzgan. Napoleon urushlarda oʻzidan son boʻyicha ancha kuchli boʻlgan raqiblarini ustidan juda koʻp marta magʻlub qilganligi sababli barcha zamonlarning eng zoʻr sarkardalaridan biri sanaladi va uning janglari dunyo boʻylab koʻplab harbiy akademiyalarda oʻrganiladi.

Napoleon Corsicadagi Ajaccioda 16-asrda Corsicaga kelib qolgan italyan zodagoni oilasida tugʻilgan. U materik Fransiyada artilleriya ofitseri sifatida taʼlim olgan. U Birinchi Respublika davrida mashhurlikka erishgan va Fransiyaga qarshi qaratilgan Birinchi va Ikkinchi koalitsiya urushlarida muvaffaqiyatli qatnashgan. Napoleon bu urushlarda Italiya yarimorolidagi urush harakatlarida gʻalabaga erishgan.

1799-yilda u 18-bryumer to`ntarishini tashkillashtiradi va oʻzini Birinchi konsul deb eʼlon qildiradi; besh yildan soʻng Fransiya Senati referendum natijasiga koʻra uni imperator deb eʼlon qiladi. 19-asrning birinchi oʻn yilligida Napoleon boshchiligidagi Fransuz imperiyasi Yevropaning barcha kuchli davlatlari qatnashgan Napoleon urushlarida ishtirok etgan.[3] Ketma-ket gʻalabalardan soʻng Fransiya kontinental Yevropada yetakchiligini himoyaladi va Napoleon boshqa Yevropa davlatlarini Fransiyaga qaram davlat qilib, ularni oʻz qarindoshlari va doʻstlariga boʻlib berdi. Napoleon bu yoʻl bilan fransuz taʼsir doirasini asrashga harakat qilgan.

Yarimorol urushi va 1812-yilgi Vatan urushi Napoleon muvaffaqiyatlarini toʻxtatdi. Uning Buyuk Armiyasi Rossiya bilan urushda juda katta zarar koʻrdi va qaytib toʻliq tiklanmadi. 1813-yilda Oltinchi koalitsiya uning qoʻshinlarini Xalqlar jangida tor-mor etildi; kelasi yili Koalitsiya Fransiyani bosib oldi, Napoleonni taxtdan voz kechishga majbur etdi va uni Elba oroliga surgun etdi. Bir yil oʻtmasdanoq u Elbadan qochdi va hukumatni oʻz qoʻliga oldi, lekin 1815-yil iyunda Vaterlo jangida magʻlub etildi. Napoleon umrining soʻnggi olti yilini Saint Helena orolida inglizlar tomonidan hibsda saqlandi. Jasadning ochib koʻrilishi Napoleon oshqozon rakidan vafot etganini aniqladi, lekin baʼzi mutahassislar u mergimush bilan zaharlangan deyishadi.

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. Schom, Alan. Napoleon Bonaparte, 1. HarperPerennial, New York: HarperPerennial, 1998. ISBN 0-06-092958-8. 

Napoleon

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne