Narpay tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1974-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubida joylashgan. Sharq va gʻarbdan viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, shimolidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, janubidan Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km². Aholisi 219 160 kishi (2023). Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 2 shaharcha (Mirbozor) (Islom shoir) (2009-yildan), 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Kosagaron, Olti-oʻgʻil, Chaqar, Yangirabot, Yangiqoʻrgʻon, Qadim, Qorakoʻl, Qorasiyrak, Xoʻjakorson) va 1ta Guliston Mahalla fuqarolar yigʻini bor. Markazi — Oqtosh shahri