![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir (taxminan 666—748) – mashhur arab sarkardasi, Xuroson voliysi (738—748). Arablarning mudariy qabilasidan. 728—729 yillarda Samarqand noibi, soʻngra Balx va butun Xuroson noibi. Kutayba ibn Muslimping Movarounnahrga qilgan yurishlarida ishtirok etgan. Tabarishshng yozishicha, Xuroson Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir davrida nihoyatda ravnaq topgan. Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir Movarounnahrni uzil-kesil arablar qoʻl ostiga oʻtishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻrta Osiyoda Horis ibn Surayj harakatini bostirish uchun 738—739 yillarda Samarqand, Choch, Forob va Fargʻonaga bir necha bor yurish qilgan. Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir Movarounnaxrda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun moliya islohotini oʻtkazadi, shuningdek, islomni yangi qabul qilgan kishilar jizya soligʻidan ozod qilinadilar, barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilganlar. Yer egasi, eʼtiqodidan qatʼi nazar, xiroj toʻlashi shart qilib qoʻyilgan. Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir mahalliy zodagonlar (dehqonlar) yordamida mamlakatni itoatda tutib turishga intilgan. Shu maqsadda u xalifalik tomoniga oʻtgan yirik dehqonlarning avvalgi imtiyozlarini tiklaydi, buxorhudo/yaning qiziga uylanadi. Ammo shunga qaramay mamlakatdagi xalq ozodlik harakatlariga barham bera olmaydi. Abu Muslim bilan boʻlgan bir necha jangda magʻlubiyatga uchragach, (qarang Abu Muslim harakati), Iroqqa yoʻl olgan. Isfahon rus togʻlaridan biri Sava (Savat, Savax)da vafot etgan.
Manbalar: Istoriya at-Tabari, T., 1987; Abu Saʼid Gardizi, Zayn al-axbar, T., 1991.[1]