Nepal Qirolligi (Gorkha imperiyasi) Asai Hindustan (tarjimasi Haqiqiy Hindular yeri)
| |
---|---|
1768–2008 | |
[[Nepali | Nepal qirolllgi gerbi]]
| |
![]() | |
![]() | |
Maqom | 1990-yilga qadar mutloq monarxiya, 1990—2008-yilllar mobaynida cheklangan konstitutsiyaviy monarxiya |
Poytaxt | Katmandu shashri |
Rasmiy til(lar) | nepal tili |
Boshqa tillar | nepal tili, hind tili, mandarin tili |
Din | Hinduizm |
Tarix | |
• Asos solingan |
1768-yil |
• Tugatilgan |
2008-yil 28-may |
Nepal Qirolligi (Gorkha imperiyasi nomi bilan tanilgan, shuningdek, Asai Hindustan (tarjimasi Haqiqiy Hindular yeri) deb ham yuritilgan) Janubiy Osiyodagi hind qirolligi boʻlib, 1768-yilda Nepalning birlashishi natijasida tashkil topgan[1].
Kelib chiqishini Rajputdan deb daʼvo qilgan Gorkha monarxi qirol Prithvi Narayan Shoh tomonidan asos solingan[2]. Bu qirollik 2008-yilda Nepal monarxiyasi tugatilgunga qadar 240 yil mavjud boʻlgan. Bu davrda Nepal rasmiy ravishda shoh sulolasi hukmronligi ostida boʻlgan, monarxlar qirollik mavjud boʻlgan davrda turli darajadagi hokimiyatni amalga oshirgan.
1792-yilda shahzoda Regent Bahodur Shoh boshchiligidagi Nepal qoʻshinlari Tibetga bostirib kirganidan va Digarchani talon-toroj qilgandan soʻng, Dalay Lama va Xitoy elchisi Xitoy maʼmuriyatiga harbiy yordam soʻrab murojaat qilishdi. Fuk'anggan boshchiligidagi Xitoy va Tibet kuchlari Nepalga hujum qilishdi, ammo Nuvakot yaqinida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin muzokaralar olib borishdi[3]. Toʻrtta Kaji (harbiy unvon nomi) orasida eng nufuzli boʻlgan Mulkaji Damodar Pande Bahodirshoh lavozimidan chetlatilgandan soʻng qoʻmondor sifatida tayinlandi. Bosh Kaji (Mulkaji) Kirtiman Singx Basnyat[4] qirol Girvan Yuddha Shohni himoya qilishga va sobiq qirol Rana Bahodurshohni Nepaldan uzoqlashtirishga harakat qildi. Biroq, 1804-yil 4-martda sobiq podshoh qaytib keldi va Muxtiyor (bosh vazir) lavozimini egalladi. Keyin Thankotda Damodar Pandening boshi kesiladi. 1806-yilda Bhandarkhal qirgʻini Rana Bahodur Shohning oʻlimidan soʻng qoʻzgʻatilgan boʻlib, 1806-yildan 1837-yilgacha Nepalning amalda hukmdori boʻlgan obroʻli Muxtiyar Bhimsen Thapa[5] tomonidan koʻtarildi[6].