Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Nikel (nemischa Nikel, lotincha Niccolum), Ni – Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 28, atom massasi 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat. Eng uzoq mavjud boʻluvchi sunʼiy radioaktiv izotopi – 59Ni (T1/2 = 105 yil).
Nikel / Niccolum (Ni) | |
---|---|
Atom raqami | 28 |
Koʻrinishi | Kumush rang yaltiroq metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
58,6934 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 124 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
736,2 (7,63) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d8 4s2 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 115 pm |
Ion radiusi | (+2e) 69 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
2,3<!-
Ionic Radius (pm)--> |
Elektrod potensiali | 1,91 |
Oksidlanish darajasi | 0 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 3, 2, 0 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 8,902 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0,443 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 90,9 K |
Erish issiqligi | 1 726 kJ/mol |
Qaynash harorati | 17,61 K |
Qaynash issiqligi | 3 005 kJ/mol |
Molyar hajm | 378,6 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | 6,6 |
Panjara davri | kubik markazlashgan Å |
Panjara/atom nisbati | 3,520 |
Debye harorati | n/a K |
28 | Nikel
|
Ni | |
3d84s2 |
Nikel— kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir.
Nikelning 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal panjarali holda kristallanadigan a-Nikel va kub panjarali r-Nikel a-Nikel 250—300° da R-Nikel ga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, r-Nikel shaklida boʻladi. Nikelning suyuqlanish temperaturasi 1455°, qaynash temperaturasi 2900°, zichligi 8,9 g/sm1.
Nikel xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis hamda asl metallarga oʻxshaydi. Valentligi 2 va 3. Nikelning juda koʻp kompleks birikmalari maʼlum.