Nyu-York

Nyu-York
Shahar
Skyline of Nyu-York
Nyu-York
Bayroq
Nyu-York
Gerb
40°42′46″N 74°0′22″W / 40.71278°N 74.00611°W / 40.71278; -74.00611
Mamlakat AQSh
Shtat Nyu-York
Hukumat
 • [[Mer]] Erik Adams
Maydon 1,223.59 km2 (472.43 kv mi)
Markazi balandligi 10[1] m
Aholisi
 (2020)
8 804 190[2]
Zichligi 11313.68 kishi/km2
Etnoxoronim nyu-yorklik
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 212, 332, 347, 646, 718, 917, 929
Pochta indeks(lar)i 100xx-104xx, 11004-05, 111xx-114xx, 116xx
Avtomobil kodi NY
Nyu-York xaritada
Nyu-York
Nyu-York

Nyu-York (inglizcha: New York City) – AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxetten orolida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin – 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) – 953 km2. Aholisi – 8 804 190 kishi (2020)[2]. Nyu-Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km2, aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15% qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12% puertorikanlar va boshqalardan iborat.

Ilk bor Manxetten oroliga 1613-yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam (niderlandcha: Nieuw Amsterdam) deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, York gersogi sharafiga Nyu-York deb ataganlar. 1785–1790-yillarda Nyu-York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

Nyu-York – Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan uch marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi Nyu-York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan metropoliten ishlab turibdi.

Nyu-York universitetlarning soni boʻyicha AQShda Kaliforniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Nyu-Yorkda 40 dan ortiq kollej, Fanlar akademiyasi va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

Nyu-Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri – Brodvey (uzunligi 29 km). 19–20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib Nyu-York uzunligi 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17–18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803–1812), Triniti-Chyorch cherkovi (1839–1846), katta muhandislik inshootlaridan Bruklin koʻprigi (1869–1883) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empayr-Steyt-Bilding (102 qavat, 1930–1931), BMT shtab-kvartirasi binosi (1947–1952), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971–1973; 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa yirik koʻpriklari: Jorj Vashington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali va Vashington arki.

  1. „US Board on Geographic Names“ (inglizcha). United States Geological Survey (2018-yil 23-iyun). Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar. Search for feature ID 975772.
  2. 2,0 2,1 „QuickFacts: New York city, New York“ (inglizcha). U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.

Nyu-York

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne