Oksford universiteti nashriyoti (inglizcha: Oxford University Press) — Oksford universitetiga qarashli nashriyot bo'lib, uning kelib chiqish tarixi 1480-yillarga borib taqaladi. 1586-yildagi farmon bilan rasman kitob chop etish huquqi berilgan[1], Kembrij universiteti nashriyotidan keyin dunyodagi ikkinchi eng qadimgi universitet nashriyotidir.[2][3][4]
Bu Oksford universitetiga tegishli bo'lib, Oksford universiteti prorektori tomonidan tayinlanadigan Matbuot delegatlari deb nomlanuvchi 15 nafar akademikdan iborat guruh tomonidan boshqariladi. Nashriyot delegatlar kotibi tomonidan boshqariladi ,Oksford universitetining nashriyoti bosh ijrochi direktori va boshqa universitet organlarida asosiy vakili sifatida ishtirok etadi. Oksford universiteti nashriyoti ushbu boshqaruv tuzilmasidan 17-asrdan boshlab foydalanib keladi.[5] Nashriyot Oksford shahrining Uolton ko'chasida joylashgan.
So'nggi 500 yil davomida nashriyot birinchi navbatda pedagogik sohaga doir matnlarni nashr etishga e'tibor qaratadi va hozirgi kunda akademik jurnallar, lug'atlar, ingliz tilidagi manbalar, bibliografiyalar, indologiya, musiqa, klassika, adabiyot, tarix, shuningdek Injil bo'yicha kitoblar va atlaslarni nashr etish orqali ushbu an'anani davom ettirmoqda. Nashriyot dunyoning ko'plab mamlakatlarida ofislarga ega, asosan o'tmishda Britaniya imperiyasining (jumladan Hindiston hamda Qo'shma Shtatlar) bir qismi boʻlgan joylarda ofislari joylashgan.