Orqa miya (sariq) miyani butun tanadagi nervlar bilan bogʻlaydi. | |
Lotincha nomi | Medulla spinalis |
---|---|
ning qismi | Markaziy nerv sistemasi |
Arteriya | Spinal arteriya |
Vena | Spinal vena |
Orqa miya (lot. medulla spinalis) nerv toʻqimasidan tuzilgan uzun, nozik, naysimon tuzilma boʻlib, miya ustunidagi uzunchoq miyadan umurtqa pogʻonasining bel sohasigacha davom etadi. U miya suyuqligini saqlovchi umurtqa pogʻonasining markaziy kanalini qamrab oladi. Miya va orqa miya birgalikda markaziy nerv sistemasi (MNS)ni tashkil qiladi. Odamlarda, orqa miya ensa suyagida boshlanadi, katta teshikdan oʻtib boʻyin umurtqalari boshlanishida orqa miya kanaliga kiradi. Orqa miya pastga qarab birinchi va ikkinchi bel umurtqalari oraligʻigacha kengayib boradi va shu yerda tugaydi. Oʻrab turuvchi suyakli umurtqa pogʻonasi nisbatan qisqa orqa miyani himoya qilib turadi. U erkaklarda tahminan 45 sm va ayollarda tahminan 43 sm uzunlikda. Orqa miyaning diametri boʻyin va bel sohalaridagi 13 mm dan, koʻkrak sohasidagi 6,4 mm gacha oʻzgarib turadi.
Orqa miya nerv signallarini harakatlantiruvchi poʻstloqdan tanaga va sezuvchi neyronlarning afferent tolalaridan sezuvchi poʻstloqqa oʻtkazish vazifasini bajaradi. U shuningdek koʻplab reflexlar uchun koordinatsiyalovchi markaz va reflekslarni mustaqil boshqara oluvchi reflex yoylari saqlaydi.[1] U yana markaziy pattern generatorlari nomi bilan ma’lum boʻlgan nerv halqalarini hosil qiluvchi spinal interneyronlar guruhlarining joylashgan joyi hamdir. Bu halqalar yurish kabi ritmik harakatlar boshqariluvi uchun javobgar.[2].