Oziq-ovqat sanoati

Oziq-ovqat sanoati – xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor.

Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o.s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.

Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o.yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, „Oʻzoziqovqatsanoat“ davlat-aksiyadorlik konserni (1993-yil 5-may; 1994-yil 26-sentabrdan „Oziqovqatsanoat“ va „Yogʻ-moytamakisanoat“ uyushmalari), „Oʻzgoʻshtsanoat“ davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993-yil 6-aprel), „Oʻzdonmahsulot“ davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994-yil 22-aprel), „Oʻzmevasabzavotuzumsanoat“ davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994-yil 28-noyabrdan), „Oʻzbaliq“ davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi „Oʻzparrandasanoat“ respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), „Oʻzbekbirlashuv“ tarkibidagi O.-o.s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 2020-yil 100 dan ortiq oziq-ovqat sanoati birlashib "O'zbekiston oziq-ovqat sanoati" uysuhmasini tashkil qildi. 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu, 2022-yilning shu davriga nisbatan 25% ga ko‘pdir. Ushbu o‘sish, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida olib borilgan modernizatsiya va samarali ishlab chiqarishning natijasidir.

Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent texnika universitetida, Samarqand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi.

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida band boʻlgan xodimlar soni 1,020,670 kishi (2024).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Oziq-ovqat sanoati

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne