Podshoh yoki podsho, shoh (qadimgi forscha, pati — hukmdor va shoh) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharqdagi baʼzi mamlakatlar hukmdorlari. Dastlab Sosoniylar davlatida qoʻllanila boshlagan. 2) Rossiya hukmdorlarining samoderjaviye agʻdarilgunga qadar oʻzbeklar orasidagi nomi (boshqa nomlari — chor, oq podshoh)[1].