Portugaliya imperiyasi portugalcha: Império Português | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Madhiya Hymno Patriótico (1808—1826) Vatanparvarlik madhiyasi Hino da Carta (1826—1910) "Nizom madhiyasi" A Portuguesa (1910—1999) "Portugaliya madhiyasi" | |||||||||
Bir vaqtlar Portugaliya imperiyasi hududlari boʻlgan dunyoning xaritasi | |||||||||
Poytaxti | Lissabon (1415-1808) Rio-de-Janeyro (1808-1821) Lissabon (1821-1999) | ||||||||
Til(lar)i | Portugal tili | ||||||||
Dini | Rim katolik cherkovi (Rasmiy)[1][2] | ||||||||
Pul birligi | Dineyro Portugal reali | ||||||||
Maydoni | 10 400 000 km² (1815-yil) | ||||||||
Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya (1139–1822; 1823–26; 1828–34) Konstitutsiyaviy monarxiya (1822–1823; 1826–28; 1834–1910) Parlamentar respublika (1910-1926) Korporativ respublika (1926-1974) Demokratik parlamentar respublika (1974-1999) | ||||||||
Monarx | |||||||||
- 1415—1433(ilk) | João I | ||||||||
- 1908—1910 (soʻngi) | Manuel II | ||||||||
Prezident | |||||||||
- 1911—1915 (ilk) | Manuel de Arriaga | ||||||||
- 1996—1999 (soʻngi) | Jorge Sampaio | ||||||||
Bosh vazir | |||||||||
- 1834—1835 (ilk) | Pedro de Sousa Holstein | ||||||||
- 1995—1999 (soʻngi) | António Guterres | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 1415 | Seuta jangi | ||||||||
- 1498 | Portugaliyaliklarning Hindistonga boradigan dengiz yoʻlini kashf qilishlari | ||||||||
- 1500 | Braziliya koloniyasi | ||||||||
- 1580—1640 | Iberiya ittifoqi | ||||||||
- 1588—1654 | Niderland–portugal urushi | ||||||||
- 1640—1668 | Portugaliya mustaqillik urushi | ||||||||
- 1822 | Braziliya mustaqilligi | ||||||||
- 1961 | Hindistondagi provinsiya yoʻqotilishi | ||||||||
- 1961—1974 | Portugaliya koloniya urushlari | ||||||||
- 1974—1975 | Chinnigullar inqilobi | ||||||||
Portugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek, tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverenitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda mavjud boʻlgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan[3][4][5].
Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi va mustamlaka hududlar topish uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida
qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. 1488-yilda Bartolomeu Dias Yaxshi umid burnini aylanib chiqdi va 1498-yilda Vasco da Gama Hindistonga yetib keldi. 1500-yilda Pedro Alvares Kabral boshchiligida Braziliya qirgʻoqlari kashf etildi.
Keyingi oʻn yilliklar davomida portugal dengizchilari Sharqiy Osiyo qirgʻoqlari va orollarini oʻrganishni davom ettirdilar, qalʼalar barpo etdilar. 1571-yilga kelib, Afrika, Yaqin Sharq, Hindiston va Janubiy Osiyo qirgʻoqlari boʻylab Lissabonni Nagasaki bilan bogʻlagan bir qator dengiz postlari vujudga keltirildi. Ushbu savdo tarmogʻi va mustamlakalardagi savdo Portugaliyaning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadining beshdan bir qismini tashkil etib, Portugaliya iqtisodiy oʻsishiga (1500—1800) sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
1580-yilda Ispaniya qiroli Filipp II Portugaliya qirolligi tojini qoʻlga kiritganidan soʻng, keyinchalik tarixshunoslikda Iberiya ittifoqi nomi bilan atalgan Ispaniya va Portugaliya oʻrtasida 60 yillik ittifoq boshlandi. Ispaniya qiroli bir vaqtning oʻzida Portugaliya qiroli boʻlgani sababli, Portugaliya koloniyalari Ispaniyaga dushman boʻlgan uchta Yevropa kuchlari: Gollandiya Respublikasi, Angliya va Fransiya tomonidan koʻplab hujumlarga uchradi. Aholisi boshqalarga nisbatan kamroq boʻlgan Portugaliya oʻzining haddan tashqari kengaytirilgan savdo tarmogʻini samarali himoya qila olmadi va imperiya asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. Oxir-oqibat, Braziliya, imperiya ikkinchi davrining (1663—1825) eng qiymatli mustamlakasi, XIX asrning boshlarida Amerika qitʼasini qamrab olgan mustaqillik harakati toʻlqini natijasida 1822-yil Portugaliyadan mustaqil alohida davlatga aylandi.
Imperiyaning uchinchi davri 1820-yillarda Braziliya mustaqillikka erishgandan keyin portugal mustamlakachiligining yakuniy bosqichini qamrab oladi. Shu vaqtlarga kelib Afrika qirgʻoqlari, Portugaliya Timori, Portugaliya Hindistoni va Portugaliya Makaosida plantatsiya xoʻjaliklari kamaytirildi. 1890-yildagi Britaniya ultimatumi Afrikadagi portugal ambitsiyalarining qisqarishiga olib keldi.