Prezident maktabi (Andijon)

Andijon shahridagi Prezident maktabi
Andijon shahridagi prezident maktabi binosining old qismi
Andijon shahridagi prezident maktabi binosining old qismi
Joylashgan yeri
Andijon shahri, Andijon viloyati
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil 28-oktyabr
Mutaxassislar Mahalliy 23 ta, chet ellik 5 ta
Direktor Doniyorbek Axmadaliyev
Faculty Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari
Sinflar 5-sinfdan 11-sinfgacha
Gender aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi)
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Tuition bepul
Website
Website
Map
Andijon shahridagi Prezident maktabi manzili xaritada

Andijon shahridagi Prezident maktabi2021-yil 28-oktyabr kuni Andijon shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Bitiruvchilarning xalqaro malaka imtihonlarini topshira olishini taʼminlash maqsadida oʻzlari qiziqqan tanlov fanlari boʻyicha chuqur oʻqitiladi. Muassasada 11-sinf oʻquvchilari Cambridge Assessment tomonidan tashkil etiladigan imtihonlarni topshiradi.

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi. Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim.

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi.

Andijon shahardagi Prezident maktabiga 2021–2022-oʻquv yilida maktabga 10 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan.

  1. „Andijonda Prezident maktabi ochildi“ (xalq soʻzi). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.

Prezident maktabi (Andijon)

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne