Qoraqalpoqlar | |
---|---|
![]() | |
Oʻz nomi | qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqlar, қарақалпақлар |
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni | |
Jami: 5.000.000 ~
TURKMANISTON 90.000 ![]() | |
Til | Qoraqalpoqcha |
Dini | Islom sunniy |
Irqiy turi | Mongoloid irqi |
Tegishli | Turkiy xalq |
Oʻxshash xalqlar | Qozoqlar, Noʻgʻaylar, Qirgʻizlar,Tatar,[Boshqurt]],[Qorachay-Bolgar]], |
Kelib chiqishi | Oʻgʻuzlar, qipchoqlar, mangʻitlar, qoʻngʻirot (qabila) |
Qoraqalpoqlar – Markaziy Osiyodagi turkiy xalq; qipchoq hududlaridan oʻrislar tomonidan siqib chiqarilgach Janubiy Rossiyadan Janubiy Orol boʻyigacha boʻlgan hududlarda yashagan. Janubiy Orol boʻyida IX-XI asrlarda xalq sifatida shakllangan.
Shuningdek, Oʻzbekistonning Fargʻona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qoʻshni Turkmaniston, Qozogʻistonda, Rossiyada, Afgʻonistonda, Eronda bir necha minglab yashaydi. Qoraqalpoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari – sunniy musulmonlar.
Milodiy II asr oxiri – IV asrlarda Orol boʻyi choʻllariga Sharqdan hunlar, VI-VIII asrlarda esa turkiylar kelib mahalliy oʻtroq xorazmiylar va koʻchmanchi sak-massaget qabilalari bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik asosda Orol boʻyi ilk oʻrta asr xalqlari – bijanaqlar va oʻgʻuzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida VIII-X asrlarda qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan. Qoraqalpoq xaqlining shakllanishida IX-XI asrlarda shakllangan pecheneglar bilan bogʻliq boʻlgan. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida aniq va toʻliq shakllanishi XI-XVI asrlarga toʻgʻri keladi[2].