Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Radioaktiv izotoplar – kimyoviy elementning beqaror, parchalanuvchi izotoplari. Radioaktiv izotoplar tabiiy (50 dan ortiq) va lab. sharoitida turli yadro reaksiyalari natijasida olinadigan sunʼiy (1000 dan ortiq) xillarga boʻlinadi. Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari maʼlum. Radioaktiv izotoplar fan va texnika tadqiqotlarida, sanoat, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda keng qoʻllanadi (qarang Izotoplar).
Hozirgi vaqtda fanda 107 ta kimyoviy element (106- va 107-elementlar birinchi marta sobiq Ittifoqda Dubna shahrida sintez qilingan) va ularning 1100 tadan koʻproq izotopi maʼlum. Bu izotoplarning 270 ga yaqini turgʻun boʻlsa, 40 taga yaqini tabiiy radioaktivlik va 800 taga yaqini sunʼiy radioaktivlik xossasiga ega.
Radioaktiv izotoplar koʻproq sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Bunda yadro reaktorlari va elementar zarralar tezlatkichlaridan foydalaniladi. Yadro reaktorlari kanallarida kimyoviy elementlar nurlatilib, fosfor-32§, molibden-99(Mo), texnisiy-99(Tc), oltin-l98(Au), yod-131(J), yod-125(J), stronsiy-89(Sr), va boshqa shu kabi izotoplar olinadi. Elementar zarralar tezlatkichlari (siklotron)da kobalt-57(Co), palladiy-l03(Pd), yod-l23(J), va hokazo izotoplar olinadi. Bu izotoplar asosida fan va texnika, xalq xoʻjaligi, tibbiyot tarmoqlarida ishlatiladigan radiokimyoviy birikmalar tayyorlanadi.
Har bir radioaktiv izotop faqat oʻziga xos, individual xarakterdagi nur chiqaradi va uning oʻrtacha yashash vaqti ham shu izotopgagina xos boʻladi. Radioizotoplarning atomlari ana shu xossasi bilan boshqa izotoplar atomlaridan farq qiladi, u bamisoli „nishonlangan“ boʻladi.
Hozirgi vaqtda fizik olimlar radioaktiv izotoplarni olish va ulardan hamda radioaktiv nurlanish energiyasidan fan va xalq xoʻjaligining turli sohalarida foydalanish maqsadida ilmiy va amaliy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Jumladan, Oʻzbekiston olimlari ham mana bir necha oʻn yildirki, shunday tadqiqot ishlari bilan shugʻullanib kelmoqdalar. Oʻzbek (fizik, genetik, fiziolog, biolog, tibbiyot, texnik, kimyogar) olimlari amalga oshirgan va oshirib kelayotgan ishlarning baʼzilari bilan tanishib chiqsak, sunʼiy radioaktiv izotoplar va radioaktiv nurlanish energiyasidan qanday maqsadlarda va qanday usullar bilan foydalanish mumkinligi haqida tasavvur hosil qilamiz.