Romantizm (frans. romantisme) — 18-asrning 1-yarmi — 19-asrda Yevropa, shuningdek, Amerika adabiyoti va sanʼatida paydo boʻlgan hamda jahon boʻylab keng tarqalgan oqim. Romantizm- ispancha "romans" soʻzidan olingan boʻlib, bu so'z dastlab lirik va qahramonlik mazmunidagi qoʻshiqni, keyinchalik esa ritsarlar haqidagi katta epik asarlarni anglatgan. "Romantik" sifatdoshi 17-asrda roman tillarida yozilgan avantyura va qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlarga nisbatan qoʻllana boshlagan. Ingliz yozuvchilari va adabiyotshunoslari 18-asrda Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrlari adabiyoti haqida bahs borganda shu so'zdan foydalanganlar. Angliyaga romantizimning kirib kelishi arafasida (18-asrning 2-yarmi) sheʼriyatning muhim unsuri hisoblangan barcha gʻayrioddiy, sirli, gʻaroyib va fantastik narsalar (tuygʻular, holatlar, sarguzashtlar) romantik soʻzi orqali ifodalana boshlagan. 18-asr oxirida Germaniyada, 19-asr boshlarida esa Fransiyada, shuningdek, Italiya, Polsha, Rossiya kabi mamlakatlarda romantizm klassitsizmdan farqlanuvchi adabiy oqimning nomi sifatida isteʼmolga kirgan.
Romantizm Yevropadagi barcha mamlakatlarni oʻz qamroviga olgan gʻayrimaʼrifatparvarlik harakatining samarasidir. Buyuk fransuz inqilobining natijalaridan qoniqmaslik bu oqimning paydo boʻlishida ijtimoiy zamin bulib xizmat etgan. Burjua jamiyatidagi turmush tarziga, jamiyat aʼzolaridagi xudbinlik va axloqsizlik koʻrinishlariga qarshi kayfiyat, sanoat, siyosat va ilmfan sohalaridagi taraqqiyotning yangiyangi ziddiyatlarni keltirib chikarishi romantiklarda mutlaq ideallarga intilish hissini uygʻotdi. Ular hayotni qisman takomillashtirishni emas, balki undagi barcha ziddiyatlarni butunlay bartaraf etishni orzu qiddilar. Ideal bilan voqelik oʻrtasida katta farqning borligi Romantizmda oʻzining yorqin ifodasini topdi va bu hol romantizmga xos ikki yo'nalishning mohiyatini belgilab berdi. Agar ayrim romantiklar ijodida hayotda aql bovar qilmaydigan, sirli kuchlar hukmronlik qiladi, binobarin, taqdirga tam berish kerak, degan fikr ustuvorlik qilgan bo'lsa (U. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti, F. R. Shatobrian, V. A. Jukovskiy), boshqa birlari (J.
N. Bayron, P. B. Shelli, A. Mitskevich, M. Yu. Lermontov) ijodida zulm va zoʻravonlik dunyosiga qarshi kurash va undan norozilik kayfiyati yetakchi ahamiyatga ega.
Romantizmda ideal bilan voqelik oʻrtasidagi ziddiyatni ifodalovchi vositalardan biri kinoya (A. Myusse, G. Geyne va boshqalar). Dastlab kinoya har qanday tarixiy voqelik nisbiydir, degan fikrning eʼtirof etilishini anglatgan bulsa, keyinchalik romantik ideallarning roʻyobga chiqmasligini anglash hissi bilan toʻyingan.
Romantizm namoyandalari jamiyatdagi rangsiz hollarga qarshi oʻlaroq fantastika, xalq rivoyatlari, tabiat manzaralari, oʻtgan tarixiy kunlar, olis xalqlar va mamlakatlar turmushi, urfodatlari hamda xulqatvorlarini tasvir doirasiga tortdilar; katta ishqiy ehtiroslar va ruhiy hayot tasviriga alohida eʼtibor berdilar. Shu sababdan din, sanʼat va falsafaning romantizmdagi oʻrni va ahamiyati mislsiz darajada oshdi.
Klassitsizm estetikasidagi "tabiatga taqlid" tamoyiliga qarshi oʻlaroq romantiklar sanʼatkorning ijodiy faolligini oʻzlarining ustuvor aqidalari deb bildilar. Sanʼatkor, romantizm estetikasiga koʻra, real olamni o'zgartirish huquqiga ega: u oʻzining goʻzal va haqiqiy, binobarin, real olamini yaratadi; modomiki, sanʼat bu olamdagi eng yuksak qadriyatni tashkil etar va bu olamning mohiyatini ifodalar ekan, demak, u reallikdir. Sanʼat asari, romantizm estetikasiga koʻra, bamisoli tirik organizm, badiiy shakl esa mazmunning po'stlogʻi yoki gʻilofi emas, balki shu mazmunning ichichidan oʻsib chiquvchi va mazmun bilan uzviy ravishda bogʻliq hodisa. Romantiklar estetikadagi mezonlashtirish hollarini, sanʼatning yaxshi maqsadda boʻlsada, muayyan chegara ustunlari bilan oʻralishini inkor etib, sanʼatkorning ijodiy erkinligini ehtiros bilan himoya qildilar. Shunga karamay, ular oʻzlarining yangi estetik qonun va qoidalarini ham ishlab chiqdilar (Mas, q. Uslub).
Romantizm davrida yangi badiiy shakllar maydonga keldi. Tarixiy roman, fantastik qissa, liroepik doston janrlari, sahna sanʼatidagi islohotlar shu davrning ajoyib samaralaridir. Lirika xuddi shu davrda oʻzining ikkinchi bahorini kechirdi. Sheʼriy soʻzning yangiyangi maʼno qirralari kashf etildi va sheʼriy soʻz his va tuygʻu silsilalarini ifodalash uchun istioraviy vositalar bilan boyidi. Sheʼriyatda musiqiy va tasviriy ibtido oʻzaro uygʻunlashdi; sanʼat, falsafa va dinning omuxta koʻrinishlari paydo boʻlib, sanʼat turlarining oʻzaro yaqinlashish, oddiy hodisalar bilan gʻayrioddiy hodisalarning, komizm bilan tragizmning uygʻunlashish jarayoni avj oldi. Fantastikaga, hajviy mubolagʻalarga, shaklning oshkora shartliligiga moyillik R. namoyandalarining badiiy tasvirdagi oʻziga xosligini belgilovchi omillarga aylandi.
Germaniya romantizmning klassik mamlakati boʻlib, Buyuk fransuz inqilobi shabadalarining bu yerdan esib oʻtishi ijtimoiy muammolarning falsafa, etika va, ayniqsa, estetika sohalariga ravon kirib borishiga imkon berdi. Nemis yozuvchilari va nazariyotchilarining Iyen maktabi (V. G. Vakkenroder, Novalis, akauka F. A. Shlegellar va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan romantik estetika va dunyoni romantik his etish asoslari nemis R.ining birinchi avlodi vakillari ijodida oʻzining dastlabki samaralarini berdi (Tikning "Etik kiygan mushuk" komediyasi, Novalisning "Tun madhiyalari" lirik turkumi va "Genrix fon Ofterdingen" romani va boshqalar). Nemis romantiklarining ikkinchi avlodi (Geydelberg maktabi) din, milliy utmish va xalq ogʻzaki ijodiga koʻproq qizikdi (L. Arniv va Brentano toʻplagan "Bolaning sehrli shoxi" xalq qoʻshiklari toʻplami, akauka Ya. va V. /rilshlarning ertaklari). Shu davrda lirik sheʼriyat ham kamol topdi (Y. Eyxendorf). Folkloristika va adabiyotshunoslikdagi birinchi yoʻnalish — mifologik maktabga asos solindi. Jamiyat va insoniyat taraqqiyoti muammolariga eʼtibor karatish, tarixiy jarayonning ziddiyatliligi, hatto halokatli oqibatlarga olib borishi mumkinligini his etish ingliz R.ga xos xususiyatlardir. Dunyoni aklidrok yordamida qayta qurish mumkinligiga ishonmagan shoirlar avlodi (U. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) insonning botiniy hissiyotiga chuqurroq kirishni targʻib qildilar. Milliy oʻtmish va xalq ogʻzaki ijodiga qiziqish Valter Skottning Yevropa adabiyotlaridagi tarixiy roman janriga asos solishi va oʻrta asrlar hayotidan olingan romantik asarlarning maydonga kelishi bilan yakunlandi. "Londonlik romantiklar" guruhi vakili J. Kits sheʼriyatida dunyoning va inson tabiatining goʻzalligi oʻz inʼikosini topdi. Kurash va norozilik kayfiyati bilan yoʻgʻrilgan J. N. Bayron va P. B. Shellining romantik ijodi ingliz R.i oʻz taraqqiyotining yuksak bosqichiga kirganini namoyish etdi.
Fransiya da klassitsizm anʼanalari uzoq vaqtgacha oʻz kuchini saqlab keldi. Shu tufayli R.ning fransuz adabiyoti va sanʼatiga kirib kelishi katta qiyinchilik bilan kechdi. Faqat 19-asrning 20-yillaridagina R. fransuz adabiyotidan oʻzining qonuniy oʻrnini egalladi. Maʼrifatparvarlik davri merosi va oʻtmishdagi adabiy anʼanalar bilan uzviy aloqa, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolariga qiziqish fransuz R.ining ajralmas xususiyatlaridir. Fransiyada R.ning shakllanishi, birinchi navbatda liropsixologik roman va qissa janrlarining yaratilishi bilan bogʻliq (F. R. Shatobrianning "Atala" va "Rene", J. Stalning "Deolfina" va "Korina yoki Italiya", E. P. Senankurning"Oberman" asarlari va boshqalar). Fransuz R. i davrida sheʼriyat, ayniqsa, gullabyashnadi (A. Lamartin, V. Gyugo, A. Vini, A. Myusse, Sh. O. SentByov va boshqalar). Eski sanʼat tarafdorlari bilan qizgʻin kurash natijasida romatik drama janri qam tantana qilib, teatr saxlalaridan munosib oʻrin egalladi (A. Dyuma, V. Gyugo, A. Vini, A. Myusse). Roman janrining psixologik (A. Myusse), tarixiy (A. Vini, ilk O.de Balzak, P. Merime) va ijtimoiy (V. Gyugo, Jorj Sand, E. Syu) turlari maydonga keldi. R. adabiy tanqid sohasida ham oʻz nishonalarini berib, SentByov asoschisi boʻlgan biografik metodning tugʻilishiga zamin hozirladi.
Rossiyada R.ning tugʻilishi 1812-yil Vatan urushidan keyingi milliy koʻtarilish davri bilan bogʻliq. Rus adabiyotida R. kurtaklari romantik doston janri (Mas, A. S. Pushkin "janubiy" dostonlari)ning yuzaga kelishi bilan aniqlik kasb etdi. Bayronning Sharq dostonlari taʼsirida yozilgan rus romantik dostonlarida yangi tasvir tamoyillari koʻzga tashlandiki, bular bosh qahramon takdiri tasvir etilganligi, doston matnidagi uslublarning rang-barangligi, ijodkorning tarixiy haqiqatdan chekinib, oʻz badiiy versiyasini yaratganligidir. Doston rus Romantizm taraqqiyotida shu qadar muhim rol oʻynadiki, hatto romantik nasr va dramaturgiya asarlari ulardagi yetakchi kolliziyalarning rivojlantirilishi hisobiga maydonga keldi. V. A. Jukovskiy, K. N. Batyushkov, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov va boshqalarning romantik asarlari).
R. shu davrda Yevropaning boshqa mamlakatlari (Italiya, Ispaniya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha)ga kirib bordi. Milliy mustaqillik gʻoyasining yetakchilik kelishi maʼrifatparvarlik anʼanalaridan yuz oʻgirmagan AQShda ham R.ning rivoj topishiga imkoniyat yaratdi. R., shuningdek, Osiyo mamlakatlari (hindiston, Xitoy, Yaponiya)da ham oʻziga xos ifodasini topdi. Oʻrta Osiyo mamlakatlarida R., Yevropa mamlakatlari adabiyoti va sanʼatidagi singari, izchil oqim sifatida shakllanmadi.
Oʻzbek adabiyoti va sanʼati 18-asrga kadar va undan keyingi davrlarda uziga xos taraqqiyot yoʻlini bosib utgani uchun oʻzbek R. i toʻgʻrisida soʻz yuritish urinsizdir. Ammo 20-asrning 10—20-yillarida jadid adabiyotida taraqqiyparvarlik gʻoyalarining targʻib etilishi (Mas, Choʻlponning "Duxtir Muhammadyor", D&shaning "Yangi saodat", Abdulla Qodiriynnnt "Oʻtgan kunlar" asarlarida), ayniqsa, 30-yillarda oʻzbek adabiyoti va sanʼatiga rus madaniyati anʼanalarining kirib kelishi natijasida milliy adabiyot va sanʼatda romantik tasvir uslubi shakllana boshladi. Chulpon ("Goʻzal"), Oybek ("Uzbekistan"), Gʻafur Gʻulom ("Bogʻ"), shuningdek, Hamid Olimjon, Uygʻun va boshqa shoirlarning koʻplab sheʼrlarida yor, vatan, ona, muallim obrazlari romantik tasvir boʻyoqlari yordamida yaratildi. Xuddi shunday jarayon kino ("Qasam", "Tohir va Zuhra", "Alisher Navoiy" filmlari) va teatr ("Tormor", "Uygʻonish", "Buyuk kanal", "Sharqtongi" spektakllari) va boshqa sanʼat turlarida ham kechdi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼatida romantik tasvir uslubining shakllanishi sovet mafkurasining talabi va ragʻbati bilan yuz berdi hamda sovet voqeligini tasdiqlash ishiga xizmat qildi.
R. adabiyot va sanʼat taraqqiyotidagi muhim oqimlardan biri sifatida 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yevropa, Amerika va Osiyoning aksar mamlakatlarida oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼatida oʻtgan asrning 20-yillarida koʻrina boshlagan realizm adabiy metod sifatida 40—60-yillarga kelib uzilkesil shakllandi. R., boshqa ayrim milliy adabiyot va sanʼatlar qatori, oʻzbek adabiyoti va sanʼati asarlarida hozir ham romantik pafos sifatida yashab kelmokda.
Tasviriy sanʼatda yaratilgan badiiy obrazlar va hayotiy lavhalar hayot haqiqatiga yaqin boʻlib, ijodkorning turmush toʻgʻrisidagi orzu va qarashlarini aks ettiradi. 19-asrning 20—30-yillarida oʻzining eng gullagan davrini boshidan kechirgan R. rassomlik va qisman haykaltaroshlik hamda meʼmorlik (psevdogotika)da namoyon boʻldi. Bu yoʻnalishdagi asarlarga qaynoq ehtiros va hayajon xos boʻlib, unda rang, shakl ifodaliligi, real va xayoliy qiyofalar uygʻunligi muhim oʻrin egallaydi; yorqin ranglar, nursoya oʻyini va keskinligi asarlarga oʻziga xoslik bagʻishlaydi, obrazlar koʻtarinki ruhda, tantanavor kayfiyatda tasvirlanadi. R. oʻz taraqqiyotida rasmiy akademizm, klassitsizm tamoyillariga qarshi kurashdi (fransuz E. Delakrua, T. Jeriko, nemis F. O. Runge, K. D. Fridrix, ingliz J. Konstebl, U. Terner, rus O. Kiprenskiy, A. O. Orlovskiy va boshqalar). R. meʼmorlikda, asosan, bogʻpark sanʼati va mayda haykaltaroshliqsa koʻzga tashlandi. R. turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻldi: Fransiyada ehtiros va shijoat, Germaniya, Avstriyada nolish ohanglari, yoʻqolgan ideallarni qoʻmsash tuygʻulari, diniy zoxidlik yetakchiligi bilan ajralib turadi, Amerikada romantik fantastika, zohidlik kayfiyatidagi asarlar maydonga keldi.
Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida R. tamoyillari 20-asrda mungli lirik kayfiyatli Us t a Moʻmin (A. Nikolayev), ehtirosga toʻla O. Tatevosyan, A. Volkov, keyinroq V. Melnikov, V. Burmakin, J. Umarbekov, A. Aliqulov asarlarida namoyon boʻldi.
Musiqada R. ijodiy oqim sifatida 19-asr boshlarida yuzaga kelgan (F. Shubert, E. Gofman, K. Veber, N. Paganini, V. Bellini va boshqalar). 19-asrning 30— 50-yillari (F. Shopen, F. Mendelson, R. Shuman, F. List, G. Berlioz va boshqalar)da yanada rivojlandi. Romantik kompozitorlar odam histuygʻularini, tabiat manzaralarini ifodaladilar, afsonaviyfantastik, qahramononaromantik opera, ballada, qoʻshiq, romans, cholgu miniatyura, raqs kuylari, programmali musiqa janrlarini rivojlantirdilar. 19-asrning 2-yarmida yirik musiqa janrlari (R. Vagner operalari, F. List simfonik poemalari, I. Brams, G. Maler konsert va simfoniyalari)da R. gʻoyalari chuqurlashdi. Baʼzi mamlakatlarda musiqiy R. mustaqil uslub sifatida emas, balki ayrim kompozitorlar ijodida namoyon boʻldi (Rossiyada — A. Alyabyev, N. RimskiyKorsakov, P. Chaykovskiy va boshqa; Chexiyada — B. Smetana va A. Dvorjak; Norvegiyada — E. Grig, Finlandiyada — Ya. Sibelius).
Oʻzbekistonda yaratilgan musiqali drama va operalar ("Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Toxir va Zuhra" kabi afsonaviyromantik asarlar)da, M. Tojiyev simfoniyalarida, M. Burhonov, D. Zokirov, S. Yudakov, Ik. Akbarov, Sayfi Jalil, T. Sodiqov va boshqa romanslari, kamercholgʻu asarlarida R. xususiyatlari kuchlidir.
Naim Karimov, Nemat Abdullayev.[1]