632–661 | |||||||||||||||
Poytaxt |
Madina (632–656) Kufa (656–661) | ||||||||||||||
Rasmiy til(lar) | arab tili | ||||||||||||||
Boshqa tillar | Turli mintaqaviy tillar[1] | ||||||||||||||
Din | Islom | ||||||||||||||
Hukumat |
Xalifalik | ||||||||||||||
Xalifa | |||||||||||||||
• 632–634 |
Abu Bakr (birinchi xalifa) | ||||||||||||||
• 634–644 |
Umar | ||||||||||||||
• 644–656 |
Usmon | ||||||||||||||
• 656–661 |
Ali (oxirgi xalifa) | ||||||||||||||
Tarix | |||||||||||||||
632 | |||||||||||||||
632 | |||||||||||||||
• Umarning tayinlanishi |
634 | ||||||||||||||
• Umarning oʻldirilishi va Umarning tayinlanishi |
644 | ||||||||||||||
• Umarning oʻldirilishi va Alining tayinlanishi |
656 | ||||||||||||||
• Alining oʻldirilishi |
661 | ||||||||||||||
• Birinchi fitna (ichki mojaro) Hasanning taxtdan voz kechishi bilan tugaydi |
661 661 | ||||||||||||||
Pul birligi | dirham | ||||||||||||||
|
Xalifalik خِلافة |
---|
Roshidun xalifaligi (arabcha: ٱلْخِلَافَةُ ٱلرَّاشِدَةُ) – islom paygʻambari Muhammaddan keyin hukmronlik qilgan birinchi xalifalik. 632-yilda Muhammadning vafotidan keyin dastlabki 4 xalifalar tomonidan boshqarilgan. Xalifalik oʻz davrida Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy-sharqiy Afrikadagi eng qudratli iqtisodiy, madaniy va harbiy kuchga ega boʻlgan.
Xalifalik 632-yil iyun oyida Muhammadning vafotidan keyin unga merosxoʻr boʻlish haqidagi munozaralardan soʻng paydo boʻldi. Muhammadning yaqin hamrohi, Banu Taym qabilasidan boʻlgan Abu Bakr Madinada birinchi xalifa etib saylandi va Arabiston yarim orolini zabt etishga kirishdi. Uning qisqa hukmronligi 634-yil avgust oyi, yaʼni vafotiga qadar davom etdi. Abu Bakrning oʻlimidan keyin Banu Adiy urugʻidan boʻlgan Umar 2-xalifa etib tayinlandi. Xalifa Umar davrida xalifalik hududi misli koʻrilmagan darajada kengayib, Vizantiya imperiyasining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini va deyarli butun Sosoniylar imperiyasini boshqardi. Umar 644-yilning noyabrida oʻldirildi va uning oʻrnini Banu Umayya urugʻidan boʻlgan Usmon egalladi. Usmon xalifalikka Umar tomonidan tuzilgan 6 kishilik qoʻmita tomonidan saylandi. Uning boshchiligida xalifalik 651-yilda Eronni zabt etdi va Vizantiya hududlariga qadar yurishlarini davom ettirdi. Xalifa Usmonning hukmronligi davrida xalifalikda turli qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Usmon 656-yilning iyun oyida oʻldirildi.
Keyinchalik, Banu Hoshim urugʻidan boʻlgan Ali xalifa Usmonning oʻrnini egalladi va xalifalik poytaxtini Kufaga koʻchirdi. U Birinchi fitna deb nomlangan fuqarolar urushiga rahbarlik qilgan, chunki Alidan oldingi xalifa Usmonning qarindoshi va Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyon (h. 661–680) Usmonning qotillarini zudlik bilan jazolash harakatida edi. Bundan tashqari, Xorijiylar nomi bilan mashhur Alining sobiq tarafdorlari boʻlgan uchinchi guruh Siffin jangida nizolarni hal qiluvchi hakamlar qarorini qabul qilishdan bosh tortgach, Ali va Muoviyaga qarshi isyon koʻtargan. Urush natijasida Roshidun xalifaligini agʻdarilib, 661-yilda Muoviya I tomonidan Umaviylar xalifaligi barpo etilgan. Fuqarolar urushi sunniy va shia musulmonlari oʻrtasidagi tafovutni yanada kuchaytirdi. Shia musulmonlari Alini Muhammaddan keyingi birinchi haqli xalifa va imom deb hisoblaydi va uning Muhammad bilan qondoshlik aloqasini qoʻllab-quvvatlaydilar[2].
Roshidun xalifaligi 25 yillik tezkor harbiy yurishlar va 5 yillik ichki nizolar davri bilan tavsiflanadi. Roshidun armiyasi oʻzining eng kuchli davrida 100 000 nafardan ortiq askarni tashkil etgan. 650-yillarga kelib, Arabiston yarim orolidan tashqari xalifalik shimolda Levant va Kavkazortini oʻziga boʻysundirdi, Shimoliy Afrika Misrdan gʻarbda hozirgi Tunisgacha, sharqda Oʻrta Osiyo va Janubiy Osiyoning bir qismi boʻlgan Eron togʻligigacha boʻysundirildi. Toʻrt nafar Roshidun xalifalarining har biri shūrā (arabcha: شُورَى; soʻzma-soʻz 'maslahat') – Paygʻambarning yuqori martabali va taniqli sahobalaridan iborat kichik saylov qoʻmitasi tomonidan saylangan[3].