SSD (inglizcha solid state drive — „qattiq yurituvchi“) maʼlumot saqlash uskunasi boʻlib, maʼlumotni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Flesh xotiradan farqli raishda, MHX qattiq disklarni oʻrnini bosish maqsadida shaklan va ishlash jihatidan unga oʻxshatilgan boʻladi. Shuningedek MHXda flesh xotira oʻrniga DTMX yoki O'TMX dan foydalaniladi va koʻpincha Tasodifiy Murojaat Xotira qurilmasi deb ham ataladi.
Mustahkam holat atamasining asl maʼnosi elektron quvurlar oʻrniga yarim oʻtkazgichlardan foydalanganligini bildirsada, ushbu oʻrinda buning maʼnosi qurulmaning harakatlanuvchi mexanik qismlari yoʻqligini ham anglatadi. Buning hisobiga xotiraga boʻlgan murojaast (oʻqish va yozish) tezligi yuqori boʻladi va sarflanadigan vaqt ham juda kam boʻladi.
SSD-lar odatda HDD-larga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Ikkala turdagi drayverlar koʻp yillar davom etishi mumkin boʻlsa-da, SSD disklari yomonlasha boshlashdan oldin koʻproq oʻqish/yozish davrlariga bardosh bera oladi. Ammo shuni taʼkidlash kerakki, SSD ning ishlash muddati flesh-xotira sifati va foydalanish tartibi kabi omillarga ham bogʻliq.