viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Guliston shahri |
Yirik shaharlari | Yangiyer, Sirdaryo, Shirin |
Asos solingan sanasi | 1963-yil |
Viloyat hokimi | Akmaljon Mahmudaliyev |
YAIM | 2.7 Mlrd $ (14-oʻrin) |
Rasmiy tili | o'zbek |
Aholi (2024) |
925 ming (2.5 % , (14-oʻrin) |
Zichligi | 216 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | oʻzbeklar, tojiklar, qozoqlar, ruslar |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 4.28 ming km.kv km² (0.98 %, 12-oʻrin) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-SI |
Avtomobil raqami kodi | 12 (eskisi 1998-2008) 20 (yangisi 2008-yildan) |
Xaritada | |
40°25′0″N 68°40′0″E / 40.41667°N 68.66667°E |
Sirdaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4.28 ming km. Aholisi 925 mingga yaqin kishi (2024). Tarkibida 8 tuman (Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.