Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Sovuq urush | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
VBT: SSSR Kuba |
NATO: AQSh |
Sovuq urush – bir tarafdan kapitalistik AQSh va uning kapitalistik ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan sotsialistik SSSR va uning sotsialistik ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy ziddiyat.
Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsa ham, ularning dunyoga taʼsir oʻtkazish borasidagi raqobati koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzining taʼsir doirasini yaratdi hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar – NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.
Sovuq urush Uchinchi jahon urushi xavfi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikki tarafdan xalqaro tanglikni „yengillashtirish“ va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
SSSRning bora-bora texnologik jihatdan ortda qolishi sovet iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri – 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa – 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.
Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin – 1989—1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1-iyulda tugatdi va shu vaqtdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.