Termiz davlat universiteti

Termiz davlat universiteti
Xalqaro nomi
Termiz State University
Manzili
Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko'chasi 43-uy
Veb-sayti  tersu.uz

Termiz davlat universiteti - ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15 martda Termiz pedagogika instituti (1955-yilda asos solingan) negizida Termiz shahrida tashkil etilgan. Universitetda 14 ft (fizikamatematika, tabiiyot, geografiya, iqtisodiyot, moliyamenejment, kimyo, oʻzbek va rus filologiyasi, tarix, xorijiy tillar, industrial pedagogika, jismoniy madaniyat, pedagogika va musiqa, muhandistexnika, ijtimoiygumanitar fanlar, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv laboratoriya, 4 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, biznes maktabi,50 oʻrinli sanatoriyprofilaktoriy, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, "Tabassum" quvnoklar va zukkolar klubi, instituternet tarmogʻiga ulangan 3 kutubxona (300 mingdan ortiq asar), 3 qiroatxona bor (2004). Universitetda 27 ixtisoslik [kasb taʼlimi (sohalar boʻyicha), musiqiy taʼlim, milliy istiklol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kasb taʼlimi (ijtimoiyiqtisodiy soha), kasb taʼlimi (kimyoviy texnologiya va biotexnologiya), kasb taʼlimi (qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini ishlab chiqarish., dastlabki ishlov va saqlash texnologiyasi, agroinjeneriya), filologiya, oʻzbek tili, ingliz tili, nemis tili, rus tili, tarix, psixologiya, iqtisodiyot, menejment, moliya, biologiya, fizika, geografiya, kimyo, matematika, amaliy matematika va informatika, transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish] boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. 6 mutaxassislik boʻyicha aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 oʻquv yili untda 6700 talaba taʼlim oldi, 536 oʻqituvchi, jumladan, 26 fan doktori va professor, 152 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt Rossiya, Fransiya, GFR, Yaponiya, Gollandiya, Polsha, Ukraina, Avstriya, Bolgariya, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon olimlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. Omonturdiyev, Sh. Samatov, X. Rahmonqulov, B. Qodirov, A. Abdullayev, Q. Joʻrayev, U. Umarov, J. Esanov, X. Xudoyberdiyev, S. Tursunov va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda "Termiz universiteti" gaz. nashr etiladi. 2004-yil gacha universitet 27 mingdan ortiq, mutaxassis tayyorladi.


Termiz davlat universiteti

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne