Tojikiston Respublikasi Ҷумҳурии Тоҷикистон
| |
---|---|
Shior: Somoniylar Avlodimiz | |
Madhiya: Surudi Milli (Tojikiston Respublikasining Milliy madhiyasi) | |
Poytaxt | Dushanbe |
Eng katta shahar | Dushanbe, Xoʻjand, Qoʻrgʻontepa, Qulyab |
Rasmiy til(lar) | Tojikcha, Ruscha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Emomali Rahmon | |
Qohir Rasulzoda | |
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan) | |
• Sana |
9-sentabr 1991-yil |
Maydon | |
• Butun |
142 000 km2 (93-oʻrin) |
• Suv (%) |
0,3% |
Aholi | |
• 2023-yilgi roʻyxat |
↗10,205,400 (96-oʻrin) |
• Zichlik | 56,3/km2 |
YIM (XQT) | 2012-yil roʻyxati |
• Butun |
↗AQSh$ $17,6 mlrd.[1] (129-oʻrin) |
• Jon boshiga |
↗AQSh$ 2,229$[2] |
Pul birligi | Somoni (TJS) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
• Yoz (DST) |
UTC+5 |
Qisqartma | TJ, TJK |
Telefon prefiksi | 992 |
Internet domeni | .tj |
|
Tojikiston (tojikcha: Тоҷикистон, rasman Tojikiston Respublikasi (tojikcha: Ҷумҳурии Тоҷикистон) – Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti – Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tojikistonning dengizga chiqish imkoniyati yoʻq. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon. Bosh Vazir: Qohir Rasulzoda.