Muhammad Said Umarbek | |
Qoʻqon xonligi xoni | |
Hukmronligining boshlanishi: | 1809 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 1822 |
Koronatsiya: | 1809-yil Qoʻqon |
Oʻtmishdosh: | Olimxon (1798—1809) |
Voris: | Muhammad Alixon (1822—1841) |
Tugʻilgan sanasi: | 1787-yil |
Tugʻilgan joyi: | Qoʻqon xonligi Qoʻqon xonligi |
Vafot sanasi: | 1822-yil |
Vafot joyi: | Qoʻqon xonligi Qoʻqon xonligi |
Turmush oʻrtogʻi: | Nodira (1792—1842) |
Farzandlari: | 1.Muhammad Alixon
2. Abdulloh Sulton (1809—1823) 3. Sulton Mahmudxon (1818—1842) 4. Moxlar Oyim |
Otasi: | Norbo`tabiy |
Onasi: | Faxriniso oyim |
Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787-yil — Qoʻqon — 1822-yil) — Qoʻqon xoni (1810—1822), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub, zullisonayn shoir. Norboʻtabiyning oʻgʻli. Oʻzbeklarning ming urugʻidan. Boshlangʻich savodini oilada chiqarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qoʻqon xoni Olimxonning davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807—1808-yillarda unga Fargʻona hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan. Umarxon vafotidan soʻng taxtga oʻgʻli Muhammad Ali-xon chiqdi.[1]