Umumiy huquq (inglizcha: common law) – Anglo-sakson huquq tizimi mamlakatlarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan sud amaliyotining tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan adolat huquqi (inglizcha: law of equity) bilan birgalikda butun Buyuk Britaniya uchun umumiy boʻlgan yagona pretsedent tizimidir.
XIII – XIV asrlarda mahallil odatlar va qirollik sudlarining amaliyoti asosida shakllangan. Sud pretsedenti umumiy huquq tizimida huquqning asosiy manbalaridan biri sifatida tan olingan.
XIII asr oʻrtalarida nufuzli huquqshunos olim va „Angliya qonunlari va urf-odatlari toʻgʻrisida“ risolaning muallifi Henry de Bractonning umumlashtirishiga koʻra, bu mamlakatning oʻziga xos xususiyati shundaki, faqat undagi rasmiy ravishda odat va yozilmagan qonunlardan foydalanishga ruxsat berilgan[1].