Vikipediyadagi barcha kontentni tasdiqlash imkoniyati mavjudligini taʼminlash yoʻlida ensiklopediyada manba bilan tasdiqlanmagan har qanday iddaoni shubha ostiga olish mumkin. Agar siz qoʻshgan maʼlumot shubha ostiga olinsa, iltimos, iddaoni tasdiqlovchi nufuzli manba keltiring va, lozim boʻlsa, masalani muhokama qiling.
Manbalarni tahrirlash oynasi tepasidagi „Manba“ tugmasi orqali qoʻshishingiz mumkin. (Qoʻshimcha maʼlumot uchun YouTube dagi videodarsga murojaat qilishingiz mumkin: ) Shuningdek, manbalarni qoʻlda ref teglari yordamida ham koʻrsatishingiz mumkin. Manbalarni koʻrsatishning boshqa yoʻllari ham mavjud.
„Manba kodini tahrirlash“ rejimida ishlayotganda manbasiz iddaodan keyin {{manba kerak}}
tegini yozishingiz mumkin. Natija quyidagi koʻrinishda boʻladi:
Misol: 87 foiz statistika soʻzlash jarayonida oʻylab topiladi.[manba kerak]
Maqolalarga iqtiboslar qoʻshish haqida maʼlumot olish uchun Yordam:Yangi foydalanuvchilar uchun manbalar boʻyicha qoʻllanma sahifasiga qarang. Andozalarni olib tashlash tartibi haqida maʼlumot olish uchun esa Yordam:Texnik xizmat andozasini olib tashlash sahifasiga qarang.