Xarkov viloyati

Xarkov viloyati (ukraincha: Ха́рківська о́бласть) – Ukraina tar kibidagi viloyat. 1932-yil 27-fevralda tashkil etilgan. Maydoni 31,4 ming km. Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2004), asosan, ukrainlar va ruslar. Shuningdek, yahudiy, belorus, tatar va moldavanlar ham yashaydi. 1 km² ga 94 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 73%. Muhim shaharlari: Izyum, Lozovaya, Balakleya, Kupyansk, Lyubotin, Volchansk, Merefa, Chuguyev, Gotvald. 25 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 15 shahar, 62 shaharcha bor. Markazi – Xarkov shahri.


Xarkov viloyati

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne