Xiva | |
---|---|
shahar | |
41°23′0″N 60°22′0″E / 41.38333°N 60.36667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Xorazm viloyati |
Asos solingan | mil. av. 5-asrda |
Aholisi (2017) |
89 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil kodi | 90 |
|
Xiva – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shimoliy gʻarbida, Xorazm viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimiy Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². 2022-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman doimiy aholisining soni 149 698 kishi, Xiva shahri – 95 246 kishini tashkil qilgan[1]. Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a Sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir[2].