Yunon mifologiyasi

Yunon mifologiyasi - (“mif” - yunoncha “afsona”) qadimgi Yunonistonda dunyo va tabiatning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlar asosida yaratilgan hikoya va afsonalar. Bu kabi hikoyalarga qadimgi yunon dinining ajralmas qismi boʻlgan: olimpiya xudolari, shuningdek, yarim xudolar, qahramonlar va ularning hayoti haqidagi hikoyalar kiradi.

Dastlab og’zaki shaklda bo’lgan bo’lsa-da, o’sha davr shoir va yozuvchilarining xizmati bilan ular bugunga qadar yetib kelgan. Xudolarning paydo bo’lishi, ularning gigantlar va titanlar bilan kurashlari haqida asosan Hesiodning “Teogoniya” (Xudolarning paydo bo’lishi) dostonida qayd etilgan. Shuningdek, yunon mifologiyasining ko’plab afsona va rivoyatlari Homerning “Illiada” va “Odisseya”, Rimlik shoir Ovidiyning “Metomorfozala” (Evrilishlar) dostonlarida uchraydi.[1]

  1. “Qadimgi yunon afsonalari va rivoyatlari” H.A.Kun. rus tilidan Poshali Usmon va Fazliddin Shukur tarjimasi. Zarafshon nashriyoti. Samarqand 2005. 1-qism 5-bet.. 

Yunon mifologiyasi

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne