Hirshabelle Somali Davlati | |
---|---|
Madhiya: Qolobaa Calankeed | |
Poytaxt | Johar |
Eng katta shahar | Beledueyn |
Rasmiy til(lar) | Somaliycha |
Etnik guruhlar | Somalilar |
Din | Islom |
Hukumat | Prezidentlik demokratiyasi ostidagi federativ davlat |
Ali Abdullohi Hussayn | |
Yusuf Ahmad Hagar | |
Abdihakim Luqmon | |
Somalida muxtor federal aʼzo davlat | |
• Eʼlon qilindi |
2016-yil 5-oktyabr |
Aholi | |
• 2020-yilgi roʻyxat |
3 771 638 kishi (taxminan) |
HDI |
0.3 low |
Pul birligi | Somali shillingi (SOS) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
• Yoz (DST) |
UTC+3 (kuzatilmagan) |
Avtomobil harakati | o‘ng |
Telefon prefiksi | +252 (Somali) |
ISO 3166 kodi | SO |
Internet domeni | .so |
Hirshabelle (somalicha: Hirshabeelle; baʼzan HirShabelle deb ham yoziladi), rasman Hirshabelle Davlati (somalicha: Dowlad Goboleedka Hirshabeele ee Soomaaliya) — Janubiy Somalining markazidagi muxtor viloyat. Poytaxti – Johar shahri. Somalining eng yosh “davlati” hisoblanadi[1].
U sharqda Galmudug, gʻarbda Janubi-gʻarbiy Somali, janubda Somalining poytaxti joylashgan Banadir viloyati va shimolda Efiopiya bilan chegaradosh. Janubi-sharqdan Hind okeani tomonidan yuviladi.
Hirshabelle Somalining Hiron va Oʻrta Shabelle mintaqalaridan iborat. Davlat nomi ularning nomlarini birlashtirishdan kelib chiqqan. Hirshabelle Somalining vaqtinchalik konstitutsiyasida belgilanganidek, oʻzini Somali Federativ Respublikasining muxtor davlati deb eʼlon qildi.