Our website is made possible by displaying online advertisements to our visitors.
Please consider supporting us by disabling your ad blocker.

Responsive image


Ingalyasiya

Ingalyasiya (1905)

Ingalyasiya (lot. inhalatus — nafasga olmoq) — dori moddalarni nafas yoʻllari (hiqildoq, kekirdak va oʻpka)ga kiritish usuli. Tabiiy va sunʼiy boʻladi. Togʻlarda siyrak havodan, dengiz boʻyida suv va tuz bilan toʻyingan havodan nafas olish, ignabargli oʻrmonlarda ozon, balzamli bugʻ, mineral buloklar yonida vodorod sulfid yoki karbonat angidrid aralashgan havodan nafas olish tabiiy I.ga kiradi. Sunʼiy I .da maxsus shifobaxsh moddalar tutun, bugʻ, aerozol (qarang Aerozol-terapiya), gaz, quruq kukun, nam yoki moyli tuman holida iskaladi (xalq tabobatida sunʼiy I. burnaki ham deyiladi). Sunʼiy I.da purkagich (pul-verizator)ga oʻxshash tuzilgan maxsus apparat — ingalyator dan foydalaniladi. Uyda, mas, bugʻ I. qilish uchun idishga issiq suv quyiladi, bemor idish ustiga engashib, boshi va idish ustiga sochiq yopib, suv bugʻlaridan 5— 10 min. nafas oladi (issiqsuvni vaqt-bevaqt qoʻshib turish mumkin). I., asosan, nafas yoʻllarining kasalliklarini davolashda qoʻllanadi. Qon ketishiga moyil kishilarga, yurak-tomir sistemasi va oʻpka kasalliklarida I. qilish yaramaydi. I. ovqat yeb boʻlgach, 1 — 1,5 soatdan keyin qilinadi. Uy sharoitida turli portativ choʻntak in-galyatoridan foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Previous Page Next Page






Inhalation German Inhalo EO Ինհալացիա HY Somministrazione inalatoria Italian ინჰალაცია KA Inhalacja Polish Inalação Portuguese Ингаляция Russian Інгаляція Ukrainian

Responsive image

Responsive image