Apofeoz (qadimgi yunoncha: ἀποθέωσις – ilohiylashtirish) – 1) biror bir shaxs yoki voqeani sharaflash.
2) Xalqni, xalq qahramonini yoki biror voqeani sharaflaydigan sahna asari (ayniqsa, opera va balet) soʻngʻidagi tantanali ommaviy sahna va yakuniy qism. Masalan, „Gulsara“ operasi (Reyngold Glier va T. Sodiqov)ning yakunlovchi qismi[1][2].
Apofeoz tomosha, bayram namoyishining mustaqil qismi sifatida (matneiz) boʻlishi ham mumkin. Bu turdagi apofeozlar ishtirokchilarning taʼsirli holatlari („jonli lavha“, „soʻzsiz sahna“) asosida quriladi. Bunda dekoratsiya, kiyim, butaforiya va boshqalar katta ahamiyatga molik. Sahna asarlaridagi apofeozlarda odatda ishtirokchilarning barchasi qatnashadi. Hozir har yilgi Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan konsertlarda apofeozning turli koʻrinishlaridan foydalaniladi[3].