Yangon

Yangon
ရန်ကုန်
Shahar
Flag of Yangon
Yangon is located in Myanmar
Yangon
Yangon shahri, Myanma
Yangon is located in Southeast Asia
Yangon
Yangon (Southeast Asia)
Yangon is located in Asia
Yangon
Yangon (Asia)
Koordinatalari: 16°47′42″N 96°09′36″E / 16.795°N 96.160°E / 16.795; 96.160
Mamlakat  Myanmar
Myanmaning maʼmuriy boʻlinmalari Yangon viloyati
Asos solingan tax. 1028–1043 CE
Hukumat
 • Mayor Bo Htay[manba kerak]
Hudud
 • Urbanizatsiya
598,75 km2 (200 sq mi)
 • Metro
10 170 km2 (4 000 sq mi)
Vaqt mintaqasi UTC+06:30 (Osiyo/Yangon yoki Osiyo/Rangun)
ISO 3166 kodi MM06
Veb-sayt yangon.gov.mm

Yangon, Rangun — Myanma davlati poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy va madaniy markazi, eng katta shahri[1][2] . Yangon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,5 mln. kishi (1990-yillar boshi). Yangon daryosi boʻyida, Andaman dengizining Moutama qoʻltigʻi yaqinida joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 27°, aprelniki 29°, yiliga 2000 mm dan ziyod yogʻin yogʻadi. Transport yoʻllarining muhim chorrahasi[3] . Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yangon portiga okean kemalari ham kira oladi. Mamlakatning asosiy sanoat korxonalari Yangon va uning atrofida joylashgan. Sholi oqlash, taxta tilish, yogʻmoy, toʻqimachilik, farmatsevtika, jut, neftni qayta ishlash, poʻlatprokat, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda anʼanaviy badiiy buyumlar va turli matolar, poyabzallar tayyorlanadi[4]. Yangonda mamlakatning savdotransport va bankmoliya ishlari amalga oshiriladi. Universitet, muzeylar, milliy kutubxona, nafis sanʼat maktabi va boshqalar bor. Shahar ilk bor buddaviylarning muqaddas joyi — Shuedagoun stupasi (ibodatxonasi) atrofida qishloq sifatida (avval Okkala, keyinroq Dagon deb atalgan) vujudga kelgan. 1852-yilda inglizlar bosib olgan. 1862-yildan inglizlarning Myanma mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1948-yilda shaharda mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Shuedagoun pagodasi majmuasi (mil. av. V asr) saqlangan[5].

  1. "Yangon." Vocabulary.com Dictionary, Vocabulary.com, https://www.vocabulary.com/dictionary/Yangon . Accessed 30 Jan. 2024.
  2. „Rangoon, n.“, Oxford English Dictionary, Oxford University Press, 2023-03-02, doi:10.1093/oed/1808019758, qaraldi: 2024-01-30
  3. „Burma's new capital stages parade“. BBC News (2006-yil 27-mart). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 3-avgust.
  4. Martin, Steven. „Burma maintains bygone buildings“. BBC News (2004-yil 30-mart). 2008-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-may.
  5. „As Myanmar Modernizes, Architectural Gems Are Endangered“. NPR (2014-yil 4-iyun). 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-aprel.

Yangon

Dodaje.pl - Ogłoszenia lokalne